Blok (ing. block) —1) gardishida zanjir, arqon, tasma uchun novi boʻlgan gʻildirak shaklidagi oddiy mexanizm yoki detal. Tortish kuchi yoʻnalishini oʻzgartirish, kuch yoki tezlikdan yutish uchun, baʼzan, burovchi momentni uzatish uchun ishlatiladi. Vazifasiga koʻra, yoʻnaltiruvchi, barobarlovchi, qoʻzgʻaluvchan va harakatlantiruvchi (valga aylanma harakat uzatuvchi) xillarga boʻlinadi. Kuchdan yoki tezlikdan yutish uchun murakkab B.dan iborat yuk koʻtarish mexanizmi — polistpast qoʻllaniladi; 2) bir necha bir xil qismlardan iborat mashina uzeli, mas, ichki yonuv dvigateli silindrlar B.i, koʻp shpindelli stanoklardagi shpindel B.i; 3) kitob B.i — kitobning tartibga solinib, mukrva ichiga solishga tayyorlangan listlari; 4) qurilishda — hajmiy B.— bino hajmining bir qismi (mas, xona, kvartira va boshqalar).

Adabiyotlar

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.