Bolalar | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Toshkent, Oʻzbekiston |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Faoliyat yillari | 1989–hozirgi kungacha |
Janr | rock, pop |
Leybl | Kelajak Records |
Tarkib |
Tohir Sodiqov Timur Gaynutdinov Tofik Morduxayev Vagif Zokirov Baxtiyor Nurmatov Husan Sodiqov |
Sobiq aʼzolar |
Bahodir Poʻlatov Javohir Zokirov Nargiza Zokirova Ruslan Sharipov Toir Odilov Anvar Salohutdinov |
"Bolalar" — 1989-yil Javohir Zokirov, Bahodir Poʻlatov va Tohir Sodiqov tomonidan tuzilgan oʻzbek pop-rok guruhi. Guruhning hozirgi tarkibi Tohir Sodiqov (vokal, ritm gitara), Timur Gaynutdinov (solo-gitara), Baxtiyor Nutmatov (bas gitara), Tofik Morduxayev (barabanlar) va Javohir („Vagif“) Zokirovdan (sintezator) iboratdir. „Bolalar“ AQShda konsert bergan va iTunesda albom chiqargan oʻrta osiyolik birinchi guruhlardandir.[1][2][3] „Bolalar“ guruhi shu kungacha minglab sovrinlar olgan. Guruh 2001- va 2002-yilda „Eng yaxshi guruh“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofotini oldi. 2001-yil guruhga „Kerak emas“ qoʻshigʻi uchun „Eng yaxshi qoʻshiq“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofoti berildi[4]. Guruh olgan diplom va sertifikatlar soni esa 500 ga yaqindir[5]. Guruhning koʻp yillardan beri qoʻshiqchisi boʻlib kelayotgan Tohir Sodiqov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistdir[6]. Koʻpchilik „Bolalar“ guruhi bilan rus guruhi Laskoviy Mayni „90-yillarning afsonalari“ deb ataydi[7][8]."
„Bolalar“ guruhi 1989-yil Tohir Sodiqov va u bilan birga Toshkentdagi 41-maktabga borgan doʻstlari Ruslan Sharipov, Bahodir Poʻlatov va Javohir Zokirovlar tomonidan tuzilgan. Guruhning ilk badiiy rahbari va bastakori Ruslan Sharipov edi. 1989-yil guruh Oʻzbekistonda „Bolalar“ deb nomlangan qoʻshiq bilan juda tez shuhrat qozondi[9]. 1990-yilda „Bolalar“ ularga yanada koʻproq shuhrat keltrigan ilk albomlari „Esingdami sening“ ni chiqarishdi. Guruhning ilk tarkibida Bahodir Poʻlatov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Ruslan Sharipov, Tofik Marduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar bor edi.
Guruh aʻzolariga oʻzbek rok-n-roll qoʻshiqchisi Davron Gaipov va oʻsha paytda mashhur boʻlgan rus guruhi „en:Laskoviy May“ taʻsir koʻrsatishgan. „Laskoviy May“ning qoʻshiqchisi boʻlgan en:Yuriy Shatunov va Tohir Sodiqov 2009-yil Toshkentda birga qoʻshiq aytishdi. „Bolalar“ guruhi aʼzolari katta sahnaga ilk bor 1990-yilning fevrlal oyida chiqishgan. 2000-yillarda „Bolalar“ning koʻp aʻzolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh aʼzolari onda-sonda birga qoʻshiq ijro etib turishadi.
„Bolalar“ guruhining musiqasi asosan pop rok va experimental rokga kiradi. Guruh oʻz ijodi davomida turli xil stillarda qoʻshiq aytdi. Guruhning ilk ashualari faqat pop edi ammo „Bolalar“ tuzilganidan beri oʻtgan 20 yil davomida guruh bir nechta ogʻir rok qoʻshiqlarni ham chiqarishdi. Guruhning eng soʻnggi ashulalari uncha ogʻir rok emas, ammo stil jihatdan ancha boy va mukammaldir.
„Bolalar“ guruhining ilk albomi „Esingdami seni“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa magazinda chiqarildi[3]. „Bolalar“ guruhi iTunesda albom chiqargan ilk oʻzbek guruhidir. „Bolalar“ guruhi shu kungacha jami 28 ta musiqiy albom, 280 dan ortiq qoʻshiq, 10 ga yaqin klip chiqardi[8]. Keyingi yillarda Tohir Sodiqov oʻzi solo artsist sifatida ijod qilmoqda.
Qoʻshiq | Yil | Rejissor |
---|---|---|
1990 | "Esingdami seni?" | |
"Тебя я не забуду (Школьный вальс)" | ||
1992 | "Yoshligimda" | |
1994 | "Sevgi yosh tanlamas" | |
1998 | "Gulim" | |
2000 | "Kerak emas" (Davron Gaipov qoʻshigʻiga kaver) | |
"Faqat isming" | ||
2001 | "Sen ketgan kundan" | |
2004 | "Undan nimam kam?" (feat. Lola Yoʻldosheva) | |
2005 | "Koʻzing maʼyus" | |
"Axir u sevmaydi" | ||
2006 | "Oyijon" | |
"Ana endi yigʻla" | ||
"Sogʻinganda" | Mirtohir Mirgʻulomov va Akmal Oʻrinboyev | |
"Oʻzbek" | Rustam Saʼdiyev | |
2007 | "Jazo" | |
"Eski shahar" (feat. Ruslan Sharipov, Shahzod va Xoʻja) | ||
2008 | "Afsus" | |
"Happy New Year" | ||
"Sevgi" | ||
"Kechir meni" | Dilmurod Agzamov | |
2009 | "Yarmimsan" | |
"Mumkin emas" (feat. Sayatash) | ||
"Bilsang edi" | ||
2010 | "Sevaman" | Botir Mamatullayev |
2011 | "Mening doʻstim" | |
"Orzu va qaygʻu" | ||
"Sevgim soʻndi" | ||
2014 | "Девочка магнит" | |
2019 | "Yomgʻirlar" (feat. Renat Sobirov) |
Vikiomborda Bolalar haqida turkum mavjud |