Web-manzil | ba.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | Bosh sahifa |
Asosiy boʻlim | jami 285 tilda |
Asos solingan sana | 16-aprel 2005 |
Maqolalar soni | 63 718 |
Egasi | Wikimedia |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Boshqirdcha Vikipediya (boshqirdcha. Башҡорт Википедияһы) — Vikipediyaning boshqird tilidagi boʻlimi.
2002-yili 2-iyunda tashkil etilgan, ammo ilk maqolasi 2005-yili 16-aprelda yozilgan. Bir yildan soʻng 100-maqola yozildi. Shundan buyon Boshqirdcha Vikipediya yaxshi rivojlanmoqda.
1000-maqola 2010-yili 7-dekabrda yozildi. Shunga binoan „Shunqor“ jurnalida Vikipediyaga bogʻliq maqola nashr etildi[1].
2012-yili 1-yanvarda maqolalar soni 6102 ga etdi, 19 va 21-yanvar oraligʻida botlarning yordamida 9300 maqola qoʻshildi. 20-yanvarda Boshqirdcha Vikipediyaning maqolalar soni 10000 dan 15000-ga etadi.[2].
2024-yil iyul 23 oyi boʻyicha Boshqirdcha Vikipediyada 63 718 maqolalar mavjud. 41 930 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 69 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 5 foydalanuvchi esa administrator maqomiga ega. Jami tahrirlar soni — 1 275 428. Teranligi (bugun): 25
500 000+ | |
---|---|
200 000+ | |
50 000+ | |
10 000+ | |
5 000+ | |
1 000+ |