| ||
Mamlakat | Buxoro amirligi | |
---|---|---|
Tegishli | Sharqiy Buxoro | |
Tarkibida | Boysun, Yaumchi, Rabot, Darband, Sayrob, Xatak, Zarabogʻ, Poshxurd, Buzravot, Kakaydi | |
Maʼmuriy markazi | Boysun | |
Bekor qilingan sanasi | 1920-yil | |
Xaritada |
Boysun bekligi yoki Boysun viloyati – Buxoro amirligining Sharqiy Buxorodagi maʼmuriy-hududiy birligi (hozirgi Oʻzbekiston hududi), markazi Boysun shahri boʻlgan. Dastlab mustaqil boʻlgan, XIX asrning 2-yarmida amir Muzaffar tomonidan amirlik tarkibiga qoʻshib olingan.
Boysun bekligi tarkibiga: Boysun, Yaumchi, Rabot, Darband, Sayrob, Xatak, Zarabogʻ, Poshxurd, Buzravot, Kakaydi amlokliklaridan iborat boʻlgan[1]. Boysun bekligi hududining kattaligi jihatidan vohada yetakchi oʻrinda turgan[2]. XIX arning 70-yillarida beklikda amirlikning 300 navkari joylashtirilgan[1]. XIX asr 80-yillarida Boysun, Sherobod, Denov, Baljuvon, Koʻlob, Qoʻrgʻontepa va Qabodiyon bekliklari amirning qarindoshi Hisor begi Ostonaqulbekka boʻysungan[1].