„Crew Love“ – kanadalik reper DrakeningTake Care (2011) nomli ikkinchi studiyaviy albomidagi kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd ishtirokidagi qoʻshigʻi. Dastlab trek The Weekndning birinchi miksteypi tarkibida boʻlishi kerak edi[1].
„Crew Love“ albomning yettinchi singli sifatida Buyuk Britaniyada 2012-yil 30-iyulda chiqarildi.
"Crew Love" 2012-yil 14-iyuldagi chart haftasida UK Singles Chartda 200-oʻrinda debyut qildi[2] Ikki haftadan soʻng u 64-oʻringa, keyinchalik 37-oʻringa chiqdi Trek, shuningdek, UK R&B Singles and Albums Chartsda eng yaxshi oʻntalikka kirdi va u yerda yettinchi raqamliga aylandi.
U 2012-yil iyun oyida Hot R&B/Hip-Hop Songs chartida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi va Drakening chartda oʻntalikka kira olgan yigirma toʻrtinchi singliga aylandi. Qoʻshiq shuningdek, Hot Rap Songs chartida 14-oʻrinni, asosiy Hot 100 singl charti va Canadian Hot 100 da 80-oʻrinni egalladi.