Diplomat International School | |
---|---|
Address | |
Ravnaq koʻchasi, 1a Toshkent, Oʻzbekiston | |
Maʼlumot | |
Asos solingan sanasi | 2018-yil |
Direktor | Hilola Saydamenova |
Website | https://diplomat.school |
Diplomat International School – Toshkent shahridagi nodavlat taʼlim muassasasi[1]. Ushbu maktab Toshkent shahridagi eng yaxshi 10 ta nodavlat taʼlim muassasalari qatoriga kiradi[2].
Maktab 2018-yil ochilgan boʻlib[3], 2 ta oʻquv binosidan iborat. 2021-yilda yagona taʼlim tizimini yaratish maqsadida Diplomat universiteti ochildi[4]. 2022-yildan boshlab maktabda 900 dan ortiq oʻquvchi taʼlim oladi[5][6].
2020-yilda “Diplomat International School” maktabi oʻquvchilarining tashabbusi bilan tarix oʻqituvchisi Nikolay Artemev boshchiligida “Vikipediya” Butunjahon internet-qomusining oʻzbek tili qismidagi maqolalarni toʻldirish va takomillashtirish uchun “Wikischool” loyihasi yaratildi[7][8][9]. Internet-qomusga davlat amaldorlari, siyosiy arboblar, siyosiy partiyalar vakillari toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgan[10]. 2021-yilda rus tilida 150 dan ortiq, oʻzbek tilida 150 ga yaqin, ingliz va nemis tillarida ham koʻplab maqolalar tayyorlangan[11]. Shuningdek, 2021-yil noyabr oyida „Viki Oʻzbekistonni sevadi“ marafoni tashkil etildi[12].
Maktabda har yili Navroʻz bayrami munosabati bilan xayriya aksiyasi oʻtkaziladi. 2023-yilda Ezgu Amal jamgʻarmasi bilan birgalikda oʻtkazildi[13].