Ekstremal sport, harakatli sport yoki sarguzashtli sport, boshqa sport turlariga qaraganda koʻproq xavf va qiyinchiliklarga duch keladigan sport turlariga berilgan umumiy nomdir.[1][2][3] Ushbu sportda juda koʻp maxsus materiallar talab qilinadi. Sportchilar murakkab jismoniy faoliyatni amalga oshiradilar. Shuningdek, ushbu sport turida adrenalin, boshqa sport turlari bilan taqqoslaganda koʻproq boʻladi.
Ushbu faoliyatlar normal sport turlaridan farq qiladi. Juda ham jismoniy kuch va xavf talab qilinadi. Ushbu sport turida tezlik, kuch, qarshilik, balandlik, markazlashtirilgan masalalar katta rol oʻynaydi. Ushbu sport turi koʻp odamlar uchun jasorat (qoʻrqmaslik) talab qiladigan sport hisoblanadi. Buni ixtisoslashgan kishilar qilishlari mumkin.
Ekstremal sportning taʼrifi aniq emas. Atamaning kelib chiqishi esa noaniq. Biroq, ushbu sport turi 1990-yillarda mashhurlikka erishdi va butun dunyoda tez tarqaldi. Bu sportni adrenalinni sevadigan kishilar qabul qildi.
Ekstremal sport turi juda keng va umumiydir; u koʻplab filiallarga boʻlingan. Bu tabiat sportlari bilan juda oʻxshash. Toqqa chiqish va hokazo kabi tadbirlar ekstremal sportning bir qismidir. Koʻpincha jarohatlar, baʼzida hatto oʻlimlar ham boʻladi. Bugungi kunda ekstremal sport dunyoning koʻp qismida tarqalgan.
Vikiomborda Ekstremal sport haqida turkum mavjud |