Ekvivalent (lot. — teng va — qimmatli, ahamiyatli) — biror narsaning oʻrnini bosa oladigan yoki uning ifodasi boʻlib xizmat qiladigan teng baholi, teng qimmatli narsa yoki miqdor. E., ayniqsa, tovarlarni qiyoslash va ularni bir-biriga ayirboshlash muhim. Shu maqsadlar uchun tovar E.lari, yaʼni boshqalariga teng qiymatli, boyliklarni qiyoslash etaloni boʻlib xizmat qiladigan tovarlar qoʻllaniladi. Jami tovarlar qiyoslanadigan umumiy tovar E.i pul hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |