J.Fla | |
---|---|
Fayl:JFLA.jpg | |
Tavalludi |
김정화 (Kim Jung Hwa) 10-iyun 1987-yil[1] |
Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
Kasbi | Qoʻshiqchi, bloger |
Faoliyat yillari | 2011-hozirgi kungacha |
Veb-sayti | jflasong.com |
J.Fla (koreyscha: 제이플라; 1987-yil 10-iyun; Janubiy Koreya) — Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor, qoʻshiq muallifi va YouTube kanali boshlovchisi. Sony Music Japan va Ostereo Records bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, mashhur inglizcha qoʻshiqlarni kuylash orqali tezda mashhurlikka erishdi.
J.Fla karyerasining boshida turli xil sanʼatkorlar uchun koʻplab qoʻshiqlar yozgan. Shu jumladan Amerikada tugʻilgan yapon qoʻshiqchisi Yuna Ito uchun ham.
2011-yil 22-avgustda J.Fla „JFlaMusic“ YouTube kanalini ochdi va Beyoncening „Halo“ qoʻshigʻining kover ijrosini yukladi[2]. Keyingi besh oy davomida u mashhur qoʻshiqlarning yana 15 ta kaver versiyasini YouTube kanaliga joyladi.
2012-yil 17-fevralda „JFlaʼs Cover 1“ deb nomlangan 8 trekdan iborat onlayn albomini chiqardi.
2013-yilning oʻrtalarida u oʻzining rasmiy debyut albomi hisoblangan „Babo Kateun Story“ (koreyscha: 바보 같은) ni chiqardi[3][4].
U2014-yilning oxiridan 2016-yilning oʻrtalarigacha kamida oltita qoʻshimcha RaI (asosan ingliz qoʻshiqlarining koverlari va koreys tilidagi baʼzi original qoʻshiqlar) chiqardi.
2017-yil boshida „Blossom“ nomli birinchi toʻliq metrajli albomini chiqardi[5]. Oʻsha yilning noyabriga kelib u beshta qoʻshimcha RaI chiqardi va uning YouTube kanalida 5 milliondan ortiq obunachi yigʻildi.
Uning barcha RaIlaridan yigʻib olingan 80 ta trek 2018-yil aprel oyida „Rose: The J.Fla Collection“ nomi bilan qayta chiqarilgan. Shuningdek, 2018-yilda J.Fla ikkita yangi toʻliq metrajli albom chiqardi. Ularda Taylor Swift, ABBA, The Chainsmokers, Ariana Grande, Maroon 5, Jamiroquai, Emi Winehouse, Corinne Bailey Rae va Queen kabi koʻplab sanʼatkorlarning koverlari mavjud edi.
2018-yil 16-noyabrda J. Fla mustaqil 10 milliondan ortiq obunachiga erishgan birinchi Koreyalik YouTuber boʻldi[6][7].
Uning kanalidagi eng mashhur video 300 milliondan ortiq tomosha va 3 milliondan ortiq layk yigʻgan.
2021-yil oktabr holatiga koʻra uning kanali 17,3 million obunachiga ega va umumiy koʻrishlar soni 2,9 milliarddan oshgan.