Kobul palovi, Ozbek palovi (forscha: قابلی پلاو) — Afgʻoniston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida pishiriladigan palovning bir turi[1]. U mayiz, sabzi va mol yoki qoʻzichoq goʻshti bilan aralashtirilgan guruchdan iborat. Mintaqaga qarab turli xil variantlari mavjud.
Bu palov masalliqlarning narxi va sifati tufayli bayramona va muhim taom sanaladi. Palov anʼanaviy tarzda dasturxon oʻrtasiga boshqa mahsulotlar bilan birga qoʻyiladi[2][3].