Konsumentlar (lot. consumo -isteʼmol qilaman) — trofik zanjirda tayyor organik moddalarni isteʼmol qiladigan organizmlar. K.ning barchasi geterotrof. Bitta zanjirda birinchi tartibdagi (oʻtxoʻr hayvonlar), ikkinchi, uchinchi va h.k. tartibdagi K. (etxoʻrlar, yirtqichlar, parazitlar va boshqalar) oʻrin oladi.[1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |