"Mardlik" ordeni | |||
---|---|---|---|
| |||
Asl nomi | «Мардлик» ордени | ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | ||
Turi | orden | ||
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston va xorijiy davlat fuqarolariga | ||
Taqdirlash asosi | oʻzini vatan himoyasiga bagʻishlagan va mardlik namunasini koʻrsatgan harbiy xizmatchilarga | ||
Holati | topshiriladi | ||
Statistika | |||
Koʻrsatkichlari |
Balandligi 50 mm Kengligi 41 mm Qalinligi 4.5 mm | ||
Taʼsis sanasi | 2012-yil 11-sentyabr[1] | ||
Birinchi taqdirlash | 2013-yil 14-yanvarda | ||
Navbat | |||
Toʻngʻich mukofot | Doʻstlik ordeni | ||
Kenja mukofot | Jasorat medali |
"Mardlik" ordeni — Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallaridan biri. 2012-yil 11-sentyabrda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov qarori bilan taʼsis etilgan.
Oʻzini Vatanni himoya qilishga va Ona yurt xizmatiga bagʻishlagan, bunda mardlik hamda jasorat koʻrsatgan Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari va boshqa fuqarolari mukofotlanadi. Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Orden bilan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti oladilar va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. Orden koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. Orden bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla beriladigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.