Monarxiya (yunoncha: monarchia — yakka hokimlik) — davlat boshqaruvi shakli. Bunda davlat boshligi monarx hisoblanadi. Monarxiyaning 2 turi mavjud: mutlaq (absolyut) monarxiya, bunda monarxning toʻla hokimiyatini cheklaydigan bironbir davlat organi boʻlmaydi; konstitutsiyaviy M., bunda monarx hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan muayyan vakolatli organ bilan cheklangan boʻladi, yaʼni qonunchilikni parlament, ijro hokimiyatini hukumat olib boradi. Ayrim mamlakatlarda davlat boshligʻi ayni vaqtda diniy rahbar ham hisoblanadi. [1]

Monarxiya koʻrinishlari

Hozirgi kundagi monarxiya davlatlari

Osiyo

Afrika

Yevropa

Okeaniya


Manbalar

Davlatlar boshqaruv shakllari ro'yxati

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil