Nargis Muhammadiy | |
---|---|
نرگس صفیه محمدی | |
![]() | |
Tavalludi |
21-aprel 1972-yil Zenjon, Eron |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi |
inson huquqlari faoli jurnalist |
Dini | islom |
Turmush oʻrtogʻi | Taghi Rahmoniy |
Mukofotlari |
Alexander Langer mukofoti (2009) Andrey Saxarov mukofoti (2018) Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti (2023) |
Nargis Muhammadiy (forscha: نرگس صفیه محمدی; Narges Safie Mohammadi) 1972-yil 21-aprelda tugʻilgan[1] – eronlik inson huquqlari faoli va Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Shirin Ebadiy boshchiligidagi Inson huquqlari himoyachilari markazi (DHRC) vitse-prezidenti[2]. 2016-yil may oyida u Tehronda „oʻlim jazosini bekor qilish uchun kurashayotgan inson huquqlari harakatini“ tashkil etgani va boshqargani uchun 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan[3]. 2022-yilda u BBC 100 ayol roʻyxatiga kiritilgan. 2023-yilda u „Eronda ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashi va inson huquqlari va erkinligini taʼminlash uchun kurashi“ uchun tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[4].