Nick Jonas | |
---|---|
Jonas Cannes kinofestivalida (2019) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Nicholas Jerry Jonas 16-sentyabr 1992-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Qoʻshiqchi, aktyor |
Leybl | Walt Disney, Columbia, Hollywood, Island, Safehouse |
Turmush oʻrtogʻi |
Priyanka Chopra (turm. 2018) |
Bolalari | 1 |
Janr | Pop, pop-rok, R&B |
Faoliyat yillari | 2000 — hozir |
Veb-sayt | nickjonas.com |
Imzosi | |
Nicholas Jerry Jonas (talaffuzi: Nikolas Jerri Jonas; 1992-yil 16-sentabrda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi, aktyor va bastakor. Jonas Brothers pop-guruhi aʼzosi.
Nick Jonas 1992-yil 16-sentabrda Texas shtatining Dallas shahrida[1] musiqachi va bastakor Paul Kevin Jonas va Denise Jonas (qizlik familiyasi: Miller)[2] oilasida tugʻilgan. Uning ikkita akasi (Joe va Kevin) va bitta ukasi (Frankie) bor.
Nick aktyorlik faoliyatini 2009-yilda Disney Channel telekanalida efirga uzatilgan Jonas teleserialida bilan boshlagan. 2017-yilda u Jumanji: Changalzor chorlovi filmida Seaplane McDonough rolini oʻynadi.
2006-yil iyun oyida u amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi Miley Cyrus bilan birinchi marta uchrashdi, shundan soʻng ular uchrashishni boshlaydilar. Juftlik 2007-yil dekabr oyida ajralishdi.
2009-yil oxirida Jonas Selena Gomez bilan qisqa muddat uchrashdi, ular bir-birlariga vaqt yoʻqligi sababli ajralishdi[3].
2011-yil yanvaridan 2012-yil mayigacha Jonas avstraliyalik model va qoʻshiqchi Delta Goodrem bilan uchrashdi. Ammo juflik oradan maʼlum vaqt oʻtgach ajralishdi[4].
2013-yil iyun oyida Jonas amerikalik model Olivia Culpo bilan uchrashishni boshladi. 2015-yil iyun oyida juftlik ajralishdi[5][6].
2018-yilda Jonas aktrisa Priyanka Chopra bilan uchrashishni boshladi[7]. Ular 2018-yil 18-iyulda Chopraning tugʻilgan kunida unashtirildi[8][9]. Juftlik 2018-yil 1-dekabrda Chopraning vatani Hindistonda turmush qurishdi[10]. 2022-yil 21-yanvarda er-xotin surrogatlik orqali qiz farzand koʻrishdi[11].
Yil | Nom | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2009 | Night at the Museum: Battle of the Smithsonian | Cherub | Ovoz bergan |
2015 | Careful What You Wish For | Doug Martin | |
2016 | Goat | Brett Land | |
2017 | Jumanji: Welcome to the Jungle | Jefferson „Seaplane“ McDonough | |
2019 | UglyDolls | Lou | Ovoz bergan |
2019 | Midway | Mate Bruno Gaido | |
2019 | Jumanji: The Next Level | Jefferson „Seaplane“ McDonough | |
2021 | Chaos Walking | Davy Prentiss Jr. | |
2023 | Love Again | Joel | [12] |
2023 | The Good Half | Renn Wheeland | [13] |
Yakkaxon albomlari
The Administration bilan birga
Jonas Brothers bilan birga
Vikiomborda Nick Jonas haqida turkum mavjud |