Opa-singillar
Muallif(lar) Asqad Muxtor
Muharrir(lar) Feruza Quvonova
Bezovchi(lar) Iroda Umarova
Muqova artist(lar)i Bobur Murodov
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i Nasr
Nashr etilgan sanasi 2023-yil, 10-aprel
Nashriyot „Oʻzbekiston SSR Davlat nashriyoti“ (1955-yil)
„Gʻofur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti“ (1971-yil)
„Yangi asr avlodi“ (2023-yil)
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1955-yil
1971-yil
2023-yil
Sahifalar soni 544
ISBN 978-9943-9083-6-9
Avvalgisi "Daryolar tutashgan joyda" qissasi
Keyingisi "Tugʻilish" romani

"Opa-singillar" romani — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor tomonidan 1955-yil yozilgan asar boʻlib, u ayollarning jamiyatda tenglik uchun kurashi, erkinlik va ilgʻorlik uchun toʻkilgan qonlar, shijoat va mardlik timsoli boʻlgan XX asr boshidagi oʻzbek xotin-qizlarining hayoti va faoliyati haqidagi muhim asar hisoblanadi. Oʻrta Osiyo xududida, xususan Oʻzbekistonda 1924-yil Sovet davlati rasman tashkil etilgach, mamlakat ziyolilari va jadidlari tomonidam „Hujum“ harakati boshlanadi. Garchi harakat dastavval muvaffaqiyatsizlikka uchragan boʻlsada, ammo millat xotin-qizlari tafakkurida chuqur iz qoldiradi.

Asqad Muxtorni „oxirgi jadid“ deb eʼtirof etishadi. Chunki u jadidlar boshlagan ishni toʻliq yakuniga yetkazdi. 1924-1938-yillar oraligʻida oʻzbek xotin-qizlarini paranji tashlashlari, ozod va mustaqil shaxs boʻlib yetishishlari uchun ikki mingdan ortiq ayollar oʻz aka-ukalari, otalari va erlari tomonidan oʻldirildi[1]. Bu oʻrtada yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga koʻz tikkan davlatlar oʻzlarining „Katta oʻyin“larini oʻynashar edi. Asqad Muxtor aynan ana shunday davr mavzusini shijoat bilan yotirishgan jazm etdi va „Opa-singillar“ romanini yozdi[2].

Mazmuni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarning 1971-yilgi nashridan olingan epigrafi:

"Xotin-qizlarning toʻla ozod boʻlishlari va erkaklar bilan haqiqatan ham teng huquqli boʻlishlari uchun ijtimoiy xoʻjalik mavjud boʻlishi va xotin-qizlarning umumiy mehnatda ishtirok qilishlari zarur". (V. I. Lenin)

Asar voqealari Fargʻona viloyatining Naymancha qishlogʻidagi kosiblar mahallasida roʻy beradi. Onaxon, Joʻraxon, Yefim Danilovich, Ergash va boshqa bir qator qahramonlar asar asosini tashkil etadi. Kosiblar mahallasida avloddan-avlodga oʻtib keluvchi bu kasbni davom ettirayotgan mehnatkashlar, Oq podsho davrida zulmi kuchaygan Qudratillaxoʻjavofurushdan qarz boʻlishadi. Shuning uchun ham arzon narxga uning doʻkonlari uchun xotinlar kecha-yu kunduz mehnat qilishadi. Biroq revolyutsiyada jonini fido qilgan Sobir suvoqchining xotini Onaxon, erining doʻsti Yefim Danilovich, „Vakila aya“ — Joʻraxon va boshqa qator kishilar bilan birgalikda xususiy mulkchilikni tugatish, ayollar erki va ozodligi uchun kurashishadi. Ishni boyning doʻkonlari uchun boʻz toʻqishni tashlab, davlat foydasi uchun artelga ishga oʻtishadi. Keyinchalik harakatlari kengayib Naymancha ilk fabrikani qurishadi. Bu yoʻlda bir necha qurbonliklar berishadi. Asar fabrika 8-mart kuni xotin-qizlarga topshirilishi bilan yakunlanadi.

Qahramonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eʼtirof

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davrimizning zabardast yozuvchilaridan biri Xayriddin Sultonovning Asqad Muxtor haqidagi fikrlari[3]:

„Bu gulistonning bogʻbonlari gʻaroyib insonlar edi. Ularning sardori — bosh muharriri oʻzbek adabiyotining klassigi Asqad Muxtor edi. Ulugʻ inson, ulugʻ adib, shafqatli murabbiy-u zoti sharif shaʼniga mening ojiz bisotimdan munosib soʻz topilmaydi. Faqat shuni ilova qilmoqni joiz bilamanki, Asqad Muxtor — adabiyot mohiyatini toʻgʻri anglagan va adabiyot xususida fikr almashmoq mumkin boʻlgan juda kam sonli adiblar sirasiga kirardi“.

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]