Otamdan qolgan dalalar

Otamdan qolgan dalalar filmi posteri
Rejissyor(lar) Shuhrat Abbosov
Ssenariynavis(lar) Shuhrat Abbosov, Mahmud Toʻychiyev
Rollarda Hoshim Arslonov, Mashrab Kimsanov, Poʻlat Saidqosimov, Toʻti Yusupova, Aʼzam Shokirjonov
Bastakor(lar) Enmark Solihov
Kinematografiya Renat Galiyev
Studiya(lar) „Dono Productions“[1]
Chiqarilgan sanasi 1997-yil
Davomiyligi 211 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Otamdan qolgan dalalar — yozuvchi Togʻay Murod qalamiga mansub ayni nomli badiiy asar asosida rejissyor Shuhrat Abbosov tomonidan 1997-yilda suratga olingan murakkab syujetli film[1][2][3][4].

Mazmuni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu kinofilmda XIX asrning 60-yillardagi Qoʻqon xonligining Chor Rossiyasi tomonidan istilosi davri haqida hikoya qilinadi. Fargʻona vodiysida Jamoliddin ismli dehqon davom etayotgan qoʻzgʻolonning oldini olish maqsadida general Skobelev bilan koʻrishadi. Natijasiz tugagan muzokaralardan soʻng, u oilasini olib hozirgi Qirg'iziston hududiga koʻchib ketadi. Biroq, qochib ketish jarayoni tugamay turib, uning izidan tushgan hukumat askarlari uni qoʻlga olishadi. Ayoli esa oʻgʻlini dunyoga keltirib, oʻzi vafot etadi[4].

Keyinchalik, aynan oʻsha oʻgʻli Aqrab (Chayon) bosmachilarga qoʻshilib, oʻz vatani uchun kurashadi. Ammo, u oʻz niyatini amalga oshirmay turib, bolshevik askarlar uni otib oʻldirishadi. Otasi uchun qasd olishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan Dehqonboy (Aqrabning oʻgʻli) tarix muallimi sifatida ishlaydi hamda biroz tinch hayot kechiradi. Shunga qaramasdan uni ham xalq dushmani sifatida Sibirga surgun qilishadi[4].

Aktyorlar tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida ushbu filmda rol ijro etgan aktyorlar roʻyxati keltirib oʻtilgan[5]:

Film haqida fikrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rejissyorning film yaratilishi haqida fikri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Ozodlik Radiosi „Mahalla tanqid qilingan kino muallifi Shuhrat Abbosov endi mahalla ulug'lagan filmni suratga oldi“ (o'zbekcha). ozodlik.org. Qaraldi: 21-oktabr 2022-yil.
  2. „Otamdan qolgan dalalar (1997)“. imdb.com. Qaraldi: 21-oktabr 2022-yil.
  3. „Otamdan qolgan dalalar.Ikki qismli badiiy film. 1997. 1-qism - Xurshid Davron kutubxonasi“. sod.uz. 2022-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 Bored, Panda „“Otamdan qolgan dalalar” filmiga review“. teletype.in. Qaraldi: 21-oktabr 2022-yil.
  5. „ОТЧИЕ ДОЛИНЫ (1998) / Актеры и роли“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 21-oktabr 2022-yil.
  6. 6,0 6,1 Men qaytib kelaman (Tog’ayMurod zamondoshlari xotirasida) — 13 bet. 24-oktabr 2022-yilda qaraldi. 

Havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]