QRIO ("Quest for cuRIOsity", avvalboshda Sony Dream Robot yoki SDR, deb nomlangan) Sony shirkatining odamsimon oʻyinchoq robotidir. Boʻyi - 0.6 m, vazni - 7.3 kg. QRIO sotuvga chiqarilmagan.
2006 yilning 26-yanvarida Sony AIBO va QRIO robotlarining ishlab chiqarilishi toʻxtatilganini eʼlon qildi.[1]
QRIO turli roliklarda qatnashib, mashhur boʻlib ketdi. Ayniqsa, Beck'ning Hell Yes klipidagi toʻrtinchi avlod QRIO robotlari unga qiziqishni orttirdi[2].