Qizil chittak | |
---|---|
Red Sparrow | |
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Francis Lawrence |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Justin Haythe |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | James Newton Howard |
Kinematografiya | Jo Willems |
Muharrir(lar) | Alan Edward Bell |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | 20th Century Fox |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 140 daqiqa[3] |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $69 million[4] |
Daromadi | $151.6 million[4] |
Qizil chittak (inglizcha: Red Sparrow — „Qizil chumchuq“) 2018-yilda ekranlarga chiqqan, Francis Lawrence tomonidan suratga olingan, Jason Matthews qalamiga mansub hamda 2013-yilda yozilgan shu nomli romaniga asoslangan josuslar haqidagi Amerika triller filmidir. Filmda bosh qahramonlarni Jennifer Lawrence, Joel Edgerton, Matthias Schoenaerts, Charlotte Rampling, Mary-Louise Parker va Jeremy Irons jonlantirishgan.
Qizil chittak filmi premyerasi Oʻzbekistonda 31-may 2018-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida esa 2-mart 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Rotten Tomatoes kinotanqid saytida bu film haqida 273 ta maqola yigʻilib, ulardan 43 % foizi filmni ijobiy baholadi. Film budjeti $69 millionni tashkil qilib, kartina umumjahon boʻylab $151 million daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.
Zamonaviy Rossiyada istiqomat qiluvchi goʻzal Dominika Egorova kasal onasiga gʻamxoʻrlik qiluvchi taniqli balerinadir. U raqs vaqtida jiddiy jarohati tufayli, majburiy ravishda balet truppasidan chetlashtiriladi. Shundan soʻng, amakisi yordami bilan agent boʻlishga qaror qiladi. Maxfiy chittaklar maktabiga taklif qilingan Dominika tez orada ularni ishonchiga kiradi. Natijada maxfiy uyushma tarixidagi eng yaxshi agent boʻlib yetishadi. U keyinchalik Sovet davlatiga xiyonat qilib, Amerika hukumati ichki razvedkasida faoliyat yuritadi.
Mamlakat | Premyera sanasi | Manba (lar) |
---|---|---|
AQSh | 2-mart 2018-yil | [2] |
Birlashgan Qirollik | 1-mart 2018-yil | [7] |
Belgiya | 28-fevral 2018-yil | |
Fransiya | 4-aprel 2018-yil | |
Italiya | 1-mart 2018-yil | |
Oʻzbekiston | 31-may 2018-yil | [1] |
Dastlab, 20th Century Fox bu filmni 2017-yil 10-noyabrda chiqarishni rejalashtirgandi. Biroq, ushbu kinokompaniya Murder on the Orient Express klassik detektiv filmini ishlab chiqarganligi tufayli kartina premyerasi 2018-yil martiga kechiktirildi.
Filmning budjeti $69 million boʻlib (shundan $15-20 million Jennifer Lawrencening gonorori boʻlgan),[8] kartina umumjahon boʻylab $151 milliondan oshiq (bundan $46.8 million AQSh va Kanada, $104.7 million esa qolgan mamlakatlarda) daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.