Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling. Bu maqola vikilashtirilishi kerak. Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring. (2023-09) Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (2023-09)

Terlash, ter chiqishi — organizmni sovitadigan fiziologik mexanizmlarning biri. Terlashda suv-tuz balansi saqlanadi (qarang Moddalar almashinuvi) va teri yuzasidan ter ajraladi. Terlash uzluksiz, asosan, reflektor tarzda boʻladi.Terlash refleksi retseptorlari teri, shilliq pardalar va muskullarda, T. markazi bosh miya, gipotalamus, uzunchoq va orqa miyada joylashgan. Termoregulyatsiya, ayniqsa, yuqori haroratda ogʻir mehnat qilinganda, T.ning ahamiyati katta. Havo temperaturasi yuqori boʻlganda T. organizmni issiqlab ketishdan saqlaydi. Odam tinch turganida temperatura normal boʻlganda T. bilinmaydi, lekin teridan suvning bugʻlanishi va T. hisobiga sezilmaydigan darajada namlikning yoʻqolishi kuzatiladi (organizm bir kechakunduzda oʻrta hisobda 500 ml ga yaqin suv yoʻqotadi). Atrof muhitning temperaturasi koʻtarilishi bilan ter bezlari va boshqa bezlar faoliyatining kuchayishi hisobiga odam koʻp terlaydi. Masalan, 50° dan yuqori temperaturada 1 soatda 2 l (litr)gacha ter ajraladi. Yuqori temperatura sharoitida organizmdagi suv zaxirasining oʻrni toʻldirilmasa ham suv ter bilan ajralaveradi. Bu esa organizmning suvsizlanishiga va koʻpchilik fiziologik funksiyalar (nafas olish, qon aylanishi va boshqalar)ning buzilishiga olib keladi. Uzoq vaqt yuqori temperaturaning taʼsir etishi va unga oʻrganish T.ni kamaytiradi. Shuning uchun issiq mamlakatlarda yashovchi kishilar terisi yuqori temperaturada ham quruq boʻladi. T. koʻp miqdorda issiq va achchiq ovqat isteʼmol qilinganda, suv ichilganda, jismoniy zoʻriqqanda, isitma koʻtarilganda, qayajonlanganda va boshqa holatlarda kuchayadi. Kishi hayajonlanganda (masalan, qoʻrqqanda) kaft, oyoq tagi terlaydi, shuningdek, peshonadan va gavdaning boshqa joylaridan ter chiqadi. Baʼzi odamlar koʻp terlaydi. Bunday kishilar, albatta, vrachga murojaat etishlari kerak. Hech qanday sababsiz T. biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.