BOSH SAHIFA TELEGRAM YOUTUBE

WIKISTIPENDIYA

ASOSIY QOIDALAR
BAHOLASH TARTIBI
PREMARAFON ASOSIY MARAFON PARAMARAFON WIKINATIONS NATIJA


Qoidalar

[manbasini tahrirlash]

Jamoalar tarkibiga qoʻyiladigan talablar

[manbasini tahrirlash]

Asosiy marafon

[manbasini tahrirlash]
Jamoalarni roʻyxatdan oʻtkazish
Fotosuratlar

Baholash tartibi

[manbasini tahrirlash]

Asosiy marafon

[manbasini tahrirlash]

Kontentga qoʻyiladigan talablar

[manbasini tahrirlash]
Fotosuratlarga qoʻyiladigan talablar
[manbasini tahrirlash]
  1. Fotosuratlarning barchasi commons.wikimedia.org talablariga muvofiq yuklanishi hamda mualliflik huquqlari qoidalariga zid boʻlmasligi lozim.
  2. Fotosuratlar hajmi koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlgan taqdirda jamoaning boshqa qismlardagi ishlari hisobga olinmaydi.
  3. Yuklanayotgan fotosuratlarning barchasi toʻgʻri turkumlangan boʻlishi eʼtiborga olinadi.
  4. Fotosuratlar selfi yoki bir guruh shaxslarning tayyorgarlik bilan tushirilgan shaklda boʻlmasligi shart, tasvirlarda suvbelgilar va shu kabi tasvirni qayta ishlash davomida kiritilgan qoʻshimcha elementlar boʻlmasligi kerak. Fotosuratlarda aks etgan yosh bolalarning yuzi aniq koʻrinmasligi qatʼiy qoida sifatida talab etiladi.
Yangi maqola
[manbasini tahrirlash]
  1. Yangi maqolaning chop etilgan holatidagi hajmi 200 soʻzdan kam boʻlmasligi kerak.
  2. Har bir qoʻshimcha 100 ta soʻz uchun ball beriladi.
  3. Maqolaning dolzarb mavzusi uchun qoʻshimcha ball beriladi.
  4. Qoidalarga mos ravishda sifatli qilib yaratilgan har bir yangi maqola 25 ball bilan baholanadi.
Tarjima qilingan maqola
[manbasini tahrirlash]
  1. Barcha shartlarni qoniqtiruvchi (kamida 400 ta soʻz, nufuzli manbalar, qoidaga mos ravishda rasmiylashtirish, toʻliq va uslubiy/imloviy xatolarsiz tarjima qilingan) maqolalarga 10 ball beriladi;
  2. 400 soʻzdan keyin qoʻshilgan har 200 soʻz uchun qoʻshimcha 10 balldan beriladi;
  3. Maqolada ogohlantiruvchi andozalar koʻrsatilgan boʻlsa, -3 jarima ball beriladi;
  4. Maqola boshqa foydalanuvchi yoki bot tomonidan yaxshi holatga keltirilgan boʻlsa, -5 jarima ballgacha beriladi;
  5. Hakamlar tomonidan har bir tarjima maqola uchun (maqolaning toʻgʻri tuzilishi, nufuzli manbalar koʻrsatilganligi, rasmlar nomlanishi, grafiklar, jadvallar, turkumlar) qoʻshimcha ball berilishi mumkin;


Statusli maqolalar
[manbasini tahrirlash]
  1. Yangi yaratilgan yoki tarjima qilingan maqola tur davom etgan davrda maʼlum bir statusga erishsa, hakamlar tomonidan berilgan ballning 100 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi.
  2. Bir guruhning statusli maqola uchun qoʻygan nomzodlari ketma-ket ikki marta status ololmasa, guruhga -2 jarima ball beriladi.
Umumiy qoidalar
[manbasini tahrirlash]
  1. Hakamlar tomonidan qabul qilingan qarorlar, berilgan ballar muhokama qilinmaydi, qoʻyilgan ballar qayta koʻrib chiqilmaydi.
  2. Hakamlar hayʼati oʻzaro kelishgan holda yuzaga kelgan vaziyatga koʻra ish tutib, qoidalarga oʻzgartirish kiritishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish ushbu shartlarga toʻliq rozilik bildirganingizdan darak beradi.

Paramarafon

[manbasini tahrirlash]