Abdusattor Kenjayevich Jumanazarov | |
---|---|
Tavalludi |
25-iyul 1961-yil SSSR, OʻzSSR, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Naymansaroy qishlogʻi |
Istiqomat joylari | Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Millati | Oʻzbek |
Sohasi | sharqshunos, manbashunos, adabiyotshunos |
Ish joylari | Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti |
Institutlar | Toshkent davlat universiteti |
Mashhur ishlari | „Xilvat ahli“, „Oʻrgimchak kitobi“, „Nasaf“, „Mashrab“, „Vaxshuvor“, „Buxoro taʼlim tizimi tarixi“, „Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi“ „Yakkabogʻ. Sohibqiron kamol topgan yurt“, „Tugʻli hikoyalar burji“ |
Dini | Islom |
Abdusattor Kenjayevich Jumanazarov (Abdusattor Jumanazar, Yofas Alpin) (1961-yil 25-iyulda tugʻilgan) – taniqli oʻzbek sharqshunos, manbashunos[1] va adabiyotshunos olimi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi. Buxoro va Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixiga atab yaratilgan ilk monografiyalarning muallifi. Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi aʼzosi.
Abdusattor Jumanazar 1961-yil OʻzSSRning Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Naymansaroy qishlogʻida tavallud topgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Abdusattor Jumanazar turli yillar davomida bir nechta gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan. Shuningdek u Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi aʼzosidir[2].
Abdusattor Jumanazar „Xilvat ahli“, „Madoris“, „Nasaf“, „Mashrab“, „Vaxshuvor“, „Buxoro taʼlim tizimi tarixi“, „Yakkabogʻ. Sohibqiron kamol topgan yurt“[3], „Tugʻli hikoyalar burji“[4][5], „Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi“, „Qoratosh: Muhammad Ali Qoratoshiy tarixi“, „Bulungʻur“ kabi ilmiy-badiiy kitoblarning muallifi[6].