Andorra Qirolligi Principat d'Andorra
| |
---|---|
| |
Shior: Virtus Unita Fortior (Lotincha: Kuch, birlashgan kuchliroqdir) | |
Madhiya: El Gran Carlemany (The Great Charlemagne) | |
Poytaxt | Andorra-la-Velya |
Rasmiy til(lar) | Katalan tili |
Hukumat | Konstitutsion Rohiblik |
• Ko-Qirolicha |
Joan Enrik Vives Sitsiliya |
• Rohib Vakili |
Nemesi Markez Oste |
• Hukumat boshlig`i |
Jaume Bartumeu Cassany |
Mustaqillik | |
Maydon | |
• Butun |
468 km2 (178-oʻrin) |
• Suv (%) |
0,26 |
Aholi | |
• 2010-yilgi roʻyxat |
91 023[1] (194-oʻrin) |
• Zichlik | 180/km2 |
YIM (XQT) | 2009-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$4,90 mil. (177-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$44,623 |
Pul birligi | Yevro (EUR) |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
• Yoz (DST) |
UTC+2 |
Qisqartma | AN |
Telefon prefiksi | 376 |
Internet domeni | .ad |
|
Andorra (kat. Andorra, ispancha: Andorra, fransuzcha: Andorre), Andorra knyazligi – Yevropaning janubi-gʻarbidagi davlat. Pireney yarim orolida, Fransiya bilan Ispaniya oraligʻida joylashgan. Maydoni 465 km2, aholisi 78 115 kishi (2011). Poytaxti – Andorra-la-Velya shahri. Rasmiy tili – katalon tili; maʼmuriy jihatdan 7 jamoaga boʻlingan. Dindorlar – katoliklar.
Andorra – mustaqil suveren davlat. Fransiya qiroli Karl davridayoq mustaqillikka erishgan. Oʻsha paytdan to birinchi konstitutsiya qabul qilinguncha Andorra 1278-yil shartnomasida belgilanganidek, Fransiya va Seo-de-Urxel shahri. (Ispaniya) yepiskopining ikki yoqlama protektoratida (izmida) boʻldi. 1993-yil 14-martdagi umumxalq ovoz berishi natijasida maʼqullangan mamlakat birinchi konstitutsiyasiga binoan Andorra „parlamentli knyazlik“ hisoblanadi, unda „xalq suvereniteti tamoyili“ qaror topdi, sobiq hukmdorlar – Fransiya prezidenti bilan Seo-de-Ur-xel yepiskopiga aniq vakolatli „konstitutsion davlat boshliqlari“ martabasi, jumladan, ularga ichki xavfsizlik va mudofaa, hududiy va chegara huhuqlari, yuridik sohalarda hamkorlik qilishga oid xalqaro shartnomalarni tayyorlashda qatnashish huquqi berildi. Qonun chiqaruvchi oliy organ – Bosh kengash – 28 deputatdan iborat bir palatali parlament. Ijroiya hokimiyat oliy organi – Ijroiya ken-gash (hukumat).
Sharqiy pereneyda, Fransiya va Ispaniya oʻrtasida joylashgan Yevropaning bu mitti davlatining dengizga chiqish yoʻli singari qurolli kuchlari xam yoʻq. Lekin tazyiqqa uchraganida, Fransiya va Ispaniyadan tashqari NATO kuchlariga xam ishonsa boʻladi.[2]
Andorra Pireneyning janubiy yon bagʻrida, Valira daryosi (Ebro havzasi) va uning irmoqlari vodiysida joylashgan. Muzliklardan hosil boʻlgan koʻllar bor. Iqlimi subtropik, yiliga 1000-2000 mm yogʻin yogʻadi. Togʻlari dub, buk va archa-pixta oʻrmonlari bilan qoplangan, baland alp va alp oʻtloqlari bor[3].
Andorra xoʻjaligining asosiy tarmoqlari – qoʻychilik va dehqonchilik. Arpa, jav-dar, kartoshka, sabzavot, uzum, tamaki yetishtiriladi[4]. Oziq-ovqat sanoatining kichikroq korxonalari, GESlar, xunar-mandchilik ustaxonalari bor. Chet el turizmi katta daromad keltiradi. Andorradan chetga jun, pista koʻmir chiqariladi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari keltiriladi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot 15 ming AQSh dollariga toʻgʻri keladi.
Maktab taʼlimi – fransuz yoki ispancha tizimda[5]. „Diari d’Andorra“- katalon tilidagi kundalik gazetasi, 1991-yilda asos solingan. „Poble Andorra“ („Andorra xalqi“) – katalon tilidagi haftanoma, 1974-yilda asos solingan. „Andorra radiosi“ 1984-yildan buyon ishlaydi. „Antenna-7“ deb nomlangan xususiy telekompaniya ham mavjud. Muzey, kutubxona, qadimgi hujjatlar arxivi, arab (8-10-asrlar) va roman (12- 16-asrlar) meʼmorligi obidalari bor. Muomalada – fransuz franki va ispan peseti.[6]
YIMning 80 %i turizm sohasiga toʻgʻri keladi. Andorraga yiliga 9 mln turist keladi. Iqtisodiyotning boshqaruvida davlatning roʻli juda past darajada va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qoʻllab quvvatlanadi. Iqtisodiyotda bank sektori katta rol oʻynaydi. Andorrada qishloq xoʻjaligi juda past rivojlangan, chunki, yerning atigi 2 %i qayta ishlashga yaroqlidir. Qishloq xoʻjaligi sohasida aholining 1 %i band. Andorrada kartoshka va tamaki yetishtiriladi. Temir rudalari koni, svinets, gidroenergetika resurslari hamda mineral suv va oʻrmon resurslariga ega[7].
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |