Arang muhammadxon, Arang-xon (? — 1688) — Xiva xoni (1686 — 88). Anushaxonning oʻgʻli. Munisning yozishiga koʻra, Ar. M. Xivadan 1 farsax (6-7 km) masofadagi Oqsaroyda oʻziga qarorgoh qurdirgan va koʻp vaqtini oʻsha yerda oʻtkazgan, tunda Xivaga qaytgan. Bir kuni Xivadan qaytayotganda Badrxon arigʻi koʻprigida otdan yiqilib oʻlgan. Ar. M. hukmronligi davrida Koʻhna Arkda Koʻrinish xona binosi qurilgan. Ad.: Istoriya Xorezma, T., 1976.

Adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.