Arxipelag (italyancha: agareo soʻzidan) – bir-biridan unchalik uzoq boʻlmagan va odatda bir butun deb hisoblanadigan orollar toʻdasi. Bir arxipelagga kiradigan orollar paydo boʻlishi, geologik tuzi-lishi, oʻsimliklari, hayvo-not dunyosi jihatidan oʻxshash boʻladi. Arxipelag paydo boʻlishiga koʻra materik, marjon, vulkan orollariga boʻlinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |