Baxtiyor Tadjiyevich Salimov | |
---|---|
Tavalludi |
1948, 1 - fevral Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani Uyshun qishlogʻi |
Sohasi | iqtisodiyotda matematik usullar |
Taʼlimi | Samarqand Davlat Universiteti |
Akademik rahbarlari | S.S.Gʻulomov |
Salimov Baxtiyor Tadjiyevich(1948 1 - fevral) - iqtisod fanlari doktori(1994), professor(1995).
Salimov Baxtiyor Tadjiyevich 1 - fevral 1948 - yilda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani Uyshun qishlogʻida tugʻilgan.
1976 - yilda Samarqand davlat universitetini amaliy matematika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1976 – 1979-yillarda Samarqand davlat universitetida muhandis, tadqiqotchi boʻlgan.
1979 – 1993-yilarda Toshkent xalq xoʻjaligi institutida aspirant, assistent, dotsent, katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.
1993 – 1994-yillarda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari boʻlgan.
1994-2013yy. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida dotsent, ilmiy pedagogik xodimlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.
2013 - yildan hozirgacha “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi professori lavozimida ishlamoqda.
1985 - yilda iqtisod fanlari doktori, professor S.S.Gʻulomov rahbarligida “Hududiy ishlab chiqarish majmuasini shakllantirishni modellashtirish” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1993 - yilda Toshkent xalq xoʻjalik instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda akademik S.S.Gʻulomov rahbarligida “Mintaqa ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish va rivojlantirishni modellashtirish” mavzuida doktorlik disseratatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Mustaqillik yillari mobaynida B.T. Salimov yakka va hammualliflikda 3 ta monografiya, 8 ta oʻquv qoʻllanma, 5ta ilmiy-ommabop risola, 40 dan ortiq ilmiy maqola chop ettirdi.
Baxtiyor Tadjiyevich Salimov ilmiy tadqiqotlarining asosiy yoʻnalishini mikroiqtisodiyotda, xususan agrosanoat majmuida bozor munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida 4 ta nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining mualliflariga bevosita ilmiy rahbar boʻlgan.
Davlat ilmiy-texnika dasturi loyihalari tanlovida 2 marta gʻolib boʻlgan. Jumladan, 2012 - 2016-yillarga moʻljallangan F.1-59- “Oʻzbekiston agrosanoat majmuasini jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuvining nazariy –uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyixasidagi ilmiy-uslubiy yondoshuvlar milliy agrartarmoq rivojlanish yoʻnalishlarini belgilashda muhim oʻrin tutadi.
Olimning ilmiy pedagogik faoliyatining asosiy yoʻnalishi mikroiqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va baxolashga bagʻishlangan.[1]
Qishloq xoʻjaligida xususan dehqon va fermer xoʻjaliklarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlariga doir oʻquv adabiyotlari real sektor mutahassislari tayyorlashda muhim tutadi.[2]
Olimning tadqiqotlarida Oʻzbekiston agrosanoat majmuasining jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuviga oid adabiyotlar sezilarli sarmoqni tashkil etadi.[3]