Birobijan — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1937-yildan), Yahudiylar muxtor viloyatining markazi. Amur daryosining Bira irmogʻi soxdlida. Birobijan tuguni. Aholisi 86,7 ming kishi (1992). Asosan yengil (tikuvchilik, trikotaj, poyabzal va boshqa fabrikalar), oziq-ovqat va yogʻochsozlik sanoati katta oʻrin tutadi. "Dalselmash" qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kuchlanish transformatorlari zavodlari, tibbiyot va ped. hamda madaniymaorif bilim yurtlari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |