Eroniy taqvim yoki Quyoshli hijra (forscha: تقویم هجری شمسی؛ سالنمای هجری خورشیدی) — astronomik quyoshli taqvim (kalendar). Rasmiy taqvim sifatida Eron va Afgʻonistonda qoʻllaniladi. Ushbu taqvim mashhur fors faylasufi, matematiki, astronomi va shoiri Umar Xayyom ishtirokida tuzilgan boʻlib, hozirgi vaqtga qadar bir necha marotaba aniqlashtirilgan. Taqvim hijradan yilboshi sifatida andoza olgan boʻlib, biroq klassik islomiy taqvimdan farqli oʻlaroq quyoshli (yoki tropik) yil bilan butunlay toʻgʻri keladi. Shu sababli eroniy taqvim oylari islomiy taqvimdan farqlanib, faqat yilning oʻsha-oʻsha oylariga toʻgʻri keladi. Eroniy taqvimning boshlanishi, kun va tunning tenglashishi kuni — yaʼni Navroʻz bayramidan (21-mart) boshlanadi.
Qadimiy forslar taqvimida, xuddi qadimgi hind taqvimi kabi oltita fasl mavjud boʻlib, har bir fasl qariyb ikki oyga toʻgʻri kelgan. Qadmigi forslar madaniyati Mesopotamiya madaniyati bilan kesishgan davrdan boshlab, ikki madaniyat taqvimi qariyb bir xil koʻrinishga kelgan. Ushbu taqvimda yil kun va tun birlashishi kunida boshlanib, 12 oydan iborat boʻlgan. Har bir oy 29 yoki 30 kunni tashkil etgan. Umumiy hisobda bir yil ushbu taqvimda 354 kundan iborat boʻlgan. Tropik yil bilan farq oʻrnini bosish uchun har olti yilda oʻn uchinchi oy qoʻshilgan[1].
Avesta tilidagi yazata nomi | Maʼnosi | Oʻrtafors tilidagi nomi | Zamonaviy fors tilidagi nomi | |||
Original | Transkripsiya | |||||
1 | Frawašinąm | Fravashi (Ilk tanlov) | Frawardīn | فروردین | Farvardīn | |
2 | Ašahe Vahištahe | Asha Vahishta (Eng yaxshi haqiqat) |
Ardwahišt | اردیبهشت | Ordībehešt | |
3 | Haurvatātō | Haurvatat (Yaxlitlik) | Xordād | خرداد | Xordād | |
4 | Tištryehe | Tishtriya (Sirius yulduzi) | Tīr | تیر | Tīr | |
5 | Amərətatātō | Ameretat (Oʻlmaslik) | Amurdād | مرداد | Mordād | |
6 | Xšaθrahe Wairyehe | Xshatra Vairya (Xohish hukmdorligi) |
Šahrewar | شهریور | Šahrīvar | |
7 | Miθrahe | Mitra (Kelishuv) | Mihr | مهر | Mehr | |
8 | Apąm | Apam (Suvlar) | Ābān | آبان | Ābān | |
9 | Āθrō | Aur (Olov) | Ādur | آذر | Āzar | |
10 | Daθušō | Dausho (Yarativchi, yaʼni Axura Mazda) |
Day | دی | Dey | |
11 | Waŋhə̄uš Manaŋhō | Voxu Mana (Yaxshi niyat) |
Wahman | بهمن | Bahman | |
12 | Spəntayā̊ Ārmatōiš | Spenta Armaiti (Muqaddaslik) |
Spandarmad | اسفند | Esfand |
XIII-asrda Yaqin Sharq Moʻgʻullar istilosi tufayli ularga boʻysundirilgan edi. Moʻgʻullarning ushbu istilosi natijasida ular tomonidan Yaqin Sharqqa qadimiy Xitoy madaniyatidagi oʻn ikki yillik hayvonot yillari kirib keldi. Ushbu taqvimdagi yillarda har bir yil muayyan hayvonga bagʻishlangan edi. Moʻgʻullar keltirgan yangilik Yaqin Sharqda darrov ommaboplikni qoʻlga kiritmadi, ammo keyinroq oʻsha yerdagi xalqlarning taqvimiga kirib bordi va ushbu taqvimlarning ajralmas qismiga aylandi. Aynan oʻsha paytlarda islomiy taqvimda ushbu oʻn ikki yillik hayvonot yillari kirib borishga ulgurgan edi.
Oʻn ikki yilni quyidagi oʻn ikki hayvon tasvirlar edi: sichqon, buqa, yoʻlbars, quyon, ajdar, ilon, ot, echki yoki qoʻy, maymun, xoʻroz, it, qobon (toʻngʻiz) yoki choʻchqa.