Eskimoslar (oʻzlarini inuit deb atashadi) — xalqlar guruhi. Alyaska (AQSh, 38 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari), Shimoliy Kanada (28 ming kishi), Grenlandiya oroli (grenlandlar, 47 ming kishi) va Rossiya (Magadan viloyati va Vrangel oroli, 1,7 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari)da yashaydi.[1][2] Eskimos tilida soʻzlashadi. Dindorlari — xristian boʻlsalarda, amalda animizm, shomoniylik saqlanib qolgan. Asosiy mashgʻulotlari — ovchilik va baliq ovlash.
Vikiomborda Eskimoslar haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |