Festival (Lotincha: festivus — quvnoq), musiqa, teatr, film, estrada, sirk sanʼati yutuqlari jamlanmasidan iborat ommaviy bayram. Ilk bor 18-asr boshlarida Buyuk Britaniyada yuzaga kelgan. 20-asrdan xalqlararo keng tarqalgan hisoblanadi. Festivallar Milliy va Xalqaro bo'lishi mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |