Fondukiston ibodatxonasi — Kobuldan taxminan 117 kilometr shimoli-sharqda, Parvon viloyatiGʻorband vodiysi yaqinidagi tepalikning eng baland nuqtasida joylashgan buddistlar ibodatxonasi. Ibodatxona qurilishi milodiy 8-asr boshlariga toʻgʻri keladi[1][2][3][3].
Benjamin Rowlandning soʻzlariga koʻra, „Rangdor qilib boʻyalgan devorlar, haykallar juda koʻp boʻlgan bu kichik ibodatxonaga haykaltarosh va quruvchilar tomonidan oʻziga xos diniy effekt berilgan, kelgan inson goʻzal manzarani koʻrgan“[4][5].
Fondukiston ibodatxonasidagi sanʼat asarlarini eramizning 7—8-asrlarda buddist Turkshohiylar tomonidan boshqariladigan hududlarda buddaviy sanʼatining uzluksiz rivojlanishi natijasida va eftaliylarning biroz taʼsiri bilan birlashib badiiy faoliyatning nisbatan eng yuqori darajasiga deb olish mumkin. Shu jumladan Sosoniylarning madaniy taʼsiri ham mavjud[6][7]. Fondukiston ibodatxonasi sanʼat asarlari milodiy 7—8-asrlardagi yunon-budda sanʼatining soʻnggi bosqichlariga toʻgʻri keladi.
Bu davrda Xitoyning Tan imperiyasi buddizmning taʼsiri va targʻibotini Markaziy Osiyo davlatlariga, jumladan, Afgʻonistonga xitoy rohiblari oqimi bilan kengaytirishni boshladi, ammo, Hindistondan Oʻrta Osiyoga hind rohiblarining koʻchishi koʻproq sodir boʻldi[8]. Ushbu voqealar Fondukiston va Tapa Sardardagi hind-xitoy gibrid sanʼat va din uslublarini keltirib chiqardi[8]. Ushbu ibodatxonadagi san’at asarlari Xitoyning Tyanlongshan kompleksi kabi zamonaviy sanʼat asarlari bilan katta oʻxshashlik qayd etilgan.
Charles Masson 1836-yilda Gʻorband vodiysiga tashrif buyurgan va oʻzining „ Afgʻoniston, Balujiston va Panjobdagi turli sayohatlar haqida hikoyalar“ kitobida koʻplab xarobalar mavjudligini yozgan[9][10].
Ibodatxona 1936-yilda Délégation archéologique française en Afghanistan tashkilotidan Joseph Hackin va 1937-yilda xuddi shu tashkilotdan Jean Carl tomonidan qazib oʻrganilgan[11][12]. Qayta tiklangan sanʼat asarlarining aksariyati Guimet muzeyi, Parij va Afgʻoniston Milliy muzeyi oʻrtasida boʻlinib ketgan, koʻplari soʻnggi oʻn yilliklardagi vayronagarchiliklardan omon qolmagan.
Ibodatxonadagi turli figuralar Oʻrta Osiyo taʼsirini koʻrsatadi, ulugʻ kishilar uzun ustki kiyim, etik va zirh kiygan, yarim oy tasvirlangan toj taqqan[16].
Fondukiston monastiridagi qirollik juftligi haykali ostidan buddist Turkshohiylarning (eramizning 7—8-asrlari) tangalari topilgan boʻlib, ulardan muhim maʼlumotlar olish mumkin[17][18]. Tangalar shoh er-xotin haykallari ostiga ko‘milgan idishdan topilgan, idish ichida arabcha „Bismillahi“ so‘zi va Xusrav II (milodiy 590—628-yillar) tangalari tipidagi bitta sosoniy tanga bor edi. Zarb qilingan sana aniq emas, taxminan 686-yil deyilgan[19][20].
Shohlik juftligida hind libosidagi malika va Markaziy Osiyo kiyinish uxlubiga xos boʻlgan uzun ustki kiyim va etik kiygan shahzoda tasvirlangan[21][22].
Shohlik juftligi. Shoh Markaziy Osiyo uslubidagi ustki kiyim, shuningdek, etik kiygan, malika esa hind kiyimida[23]. Milodiy 700-yil[24][25].
Kobulshohlar hukmdori Barha Teginning Nezak Hunlari uslubidagi tangasi. Fondukiston ibodatxonasidan topilgan. Old tomonda Baqtriya yozuvidagi afsona bor: „Srio Shaho“ (ma'nosi „Olampanoh“). Milodiy 7-asr oxiri[26].
Taxminan Fondukiston ibodatxonasi qurilgan davrdagi, birinchi Turkshohiy hukmdori Barha Teginning portreti.
↑For the photograph of the famous statue, named the „Royal Couple of Fondukistan“, see: [content/0/ „FONDOQESTĀN – Encyclopaedia Iranica“]. iranicaonline.org.
Alram, Michael (2014). "From the Sasanians to the Huns New Numismatic Evidence from the Hindu Kush". The Numismatic Chronicle174: 261–291. (registration required)
J. Hackin, "Le monastère bouddhique de Fondukistan (fouilles de J. Carl, 1937), " MDAFA 8, 1959, pp. 49-58.
J. Hackin, "The Buddhist Monastery of Fondukistan, " Afghanistan (Kabul) 5/2, 1950, pp. 19-35.