Gaplofaza (yun. haploos —. oddiy, bittadan va phasis — namoyon boʻlish) — organizmning rivojlanish siklila hujayra yadrosidagi xromosomalar toʻplami gaploid (bittadan) boʻlgan davr. G. turli organizmlarda rivojlanish siklining har xil davriga toʻgʻri keladi. Koʻpchilik hayvonlarda G. jinsiy hujayralardan iborat; yashil suv oʻtlarida zigotadan boshqa barcha davr G. holatida boʻladi. Gulli oʻsimliklarda G. yetilgan chang zarrachalari va chang naychasi (erkaklik G.) hamda murtak xaltasidan (urgʻochilik G.) iborat.

Adabiyotlar

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.