Gulchehra Rixsiyeva Shavkatovna | |
---|---|
Toshkent davlat sharqshunoslık universiteti rektori | |
Mansab davri 2019-yildan – hozirgacha | |
Oʻtmishdoshi | Abdurahim Mannonov Mutalovich |
Zangiota tumani Xalq deputatlari Kengashi a'zosi | |
Mansab davri 2020-yildan – hozirgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1971-yil Toshkent viloyati, Zangiota tumani |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Istiqomat joy(lar)i |
Toshkent Oʻzbekiston |
Dini | islom |
Maʼlumoti | oliy |
Mukofotlari | "Xalq taʼlimi aʼlochisi" koʻkrak nishoni (2006), „Xitoy — Oʻzbekiston munosabatlarining 25 yilligiga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni (2017), „Shanxay hamkorlik tashkilotining 20 yilligi“ esdalik medali (2021), "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni (2021), "Turizm fidoyisi" koʻkrak nishoni (2023), Kyungdong universiteti Faxriy professori (2023), „Oʻzbekiston — Ozarbayjon hamkorligiga qoʻshgan hissasi uchun“ statuetkasi (2023) |
Gulchehra Rixsiyeva Shavkatovna (1971, Toshkent viloyati) — oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha mutaxassis, filologiya fanlari nomzodi, professor. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori[1]. Respublika Oliy taʼlim kengashi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligi boʻyicha komissiya aʼzosi, Erasmus+ Oliy taʼlim islohoti boʻyicha ekspertlar jamoasi aʼzosi (HEREs)
1971-yil Toshkent viloyati Zangiota tumanida shifokorlar oilasida tavallud topgan.
1993-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan
2000-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida faoliyat yuritib keladi.
2000-2004-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida katta oʻqituvchi, 2004-2009-yillarda boʻlim boshligʻi, 2009-2018-yillar Ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 2019-yilda Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
2019-yil iyul oyidan Toshkent davlat sharqshunoslık universiteti rektori[2].
Oʻzbek tili va adabiyoti, oʻzbek tilini chet elliklarga oʻqitish, Taʼlim sifatini oshirishda Erasmus+ ICM loyihalari, Taʼlim sifatini taʼminlash, ilmiy salohiyatni oshirish masalalari boʻyicha 300 dan ortiq ilmiy ishlar, monografiyalar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi: Turkiya; Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Vengriya, Polsha, Xorvatiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Koreya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Italiya, Malayziya, Fransiya, Ispaniya, Singapur, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misr
Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligi boʻyicha komissiya aʼzosi (2019-2021), Erasmus+ Oliy taʼlim islohoti boʻyicha ekspertlar jamoasi aʼzosi (HEREs) (2012-h.v.), Respublika Oliy taʼlim kengashi aʼzosi (2021-h.v.),
„Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni (2006)
„Xitoy — Oʻzbekiston munosabatlarining 25 yilligiga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni (2017)
„Shanxay hamkorlik tashkilotining 20 yilligi“ esdalik medali (2021)
„Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2021)
„Turizm fidoyisi“ koʻkrak nishoni (2023)
Kyungdong universiteti Faxriy professori (2023)
„Oʻzbekiston — Ozarbayjon hamkorligiga qoʻshgan hissasi uchun“ statuetkasi (2023)