Ahmad ibn Abdulloh Habash Hasib Marvaziy (766-869) shimoli-sharqiy Eronlik astronom, geograf va matematik bo'lgan. U Xurosonning Merv shahridan trigonometrik kattaliklar: sinus, kosinus, tangens va kotangentsni tushuntirgan birinchi olim hisoblanadi.
U Bagʻdodda yashaydi va yuz yoshdan oshib 869-yilda vafot etadi. U Abbosiy xaliflardan boʻlgan al-Maʼmun va al-Mu'tasimlarning boshchiligida ish olib borgan.
U 825-yildan 835-yilgacha kuzatuvlar olib boradi va uchta astronomik jadvalni tuzadi. Birinchisi hamon Hind uslubida, ikkinchisi, "tekshirilgan" deb atalgan jadval, eng muhim hisoblanib, ular "Maʼmuniy" yoki "Arab" jadvallariga oʻxshab ketadi va al-Maʼmun astronomlarining umumiy asari boʻlishi ham mumkin. Uchinchisi esa kichikroq boʻlib Shoh jadvallari deb ataladi.
829-yildagi quyosh tutilishi holida Habash birinchi bor balandlik orqali(bu holda quyoshning balandligi) vaqtni aniqlash usulini koʻrsatib beradi. Bu usul keyinchalik Musulmonlar astronomlar tomonidan keng qabul qilinadi.
830-yilda u "soya" tushunchasini, zamonaviy koʻrinishida hozirgi trigonometriyadagi tangensga mos keluvchi tushunchani kiritadi. Bundan tashqari u shunday "soyalar"ning ilk jadvalini tuzib chiqadi. Bundan tashqari u kotangens tushunchasini ham kiritadi va uning jadvalini tuzadi.[1][2]
Al-Hasib Bagʻdoddagi Al-Shammisiyya rasadxonasida koʻplab izlanishlar olib boradi va bir nechta geografik raqamlar va astronomik qiymatlarni hisoblashga erishadi. U natijalarni oʻzining Jismlar va masofalar kitobida yigʻadi. Ulardan baʼzilari quyida keltirilgan.[3]