Hojiboy Tojiboyev | |
---|---|
Hojimurod Tojiboyev | |
Tavalludi |
25-avgust 1955-yil |
Vafoti |
24-iyul 2008-yil (52 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Hojiboy (Hojimurod) Tojiboyev (25-avgust, 1955 — 24-iyul, 2008[1][2]) — taniqli oʻzbek kino va teatr aktyori, soʻz ustasi, qiziqchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. «Sharif va Marif» filmidagi roli bilan mashhur. Tojikistonning Leninobod shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston va Tojikistonda xizmat koʻrsatgan artist, satirik va kinoaktyor.
1978-yilda Toshkent Teatr va rassomchilik institutini tugatgan.
Tojikistonga qaytib, bir muddat Shukur Burhonov nomidagi Nov teatrida, Leninoboddagi Kamol Xujandiy nomli teatrda ishladi. Soʻng Andijon Davlat filarmoniyasiga ishga oʻtib, Halim Joʻrayev va Sherali Joʻrayev yetakchiligidagi konsert gastrollarida ishtirok etdi. 2008-yilning 24 iyulida ogʻir xastalikdan soʻng 52 yoshida Toshkentda olamdan oʻtdi.[3]
Yil | Film nomi | Rol |
---|---|---|
1989 | Tangalik bolalar | Hojiboy |
1991 | Perestroyka | |
1993 | Sharif va Marif | Hojiboy |