Ishga tushgan sanasi | 1985 |
---|---|
Joylashuvi | Tehron, Eron |
Vebsayti | www.eco.int |
Til(lar)i | ingliz tili |
ECO Map.png va Economic Cooperation Organization.png |
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) (inglizcha: Economic Cooperation Organization) — aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va tex-nikaviy hamkorligi boʻyicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot. ITH Islom konferensiyasi tashkiloti va BMTda kuzatuvchi statusiga ega.
IHT 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan "Mintaqaviy Hamkorlikni Rivojlantirish" nomi bilan tuzilgan. Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1985-yilda "Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti" nomi bilan qaytadan oʻz faoliyatini boshladi. 1992-yilning 28-noyabrida Pokiston poytaxti Islomobod shahrida aʼzo davlatlar Tashqi Ishlar Vazirlari kengashining favqulodda yigʻlishida Afgʻoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlari IHTga aʼzo boʻldilar. Tashkilotning asosiy maqsadlari: tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo-sotiqni kengaytirish, har bir aʼzo davlatda iqtisodiy oʻsish va aholining turmush darajasini koʻtarish uchun shart-sharoitlar yaratish, aʼzo davlatlarning maʼnaviy va madaniy aloqalarini kuchaytirish va boshqa maqsadlarni koʻzda tutadi.
Tashkilotning asosiy organlari: Tashqi Ishlar Vazirlarining Kengashi, Doimiy vakillar va mintaqaviy rejalashtirish kengashlari hamda kotibiyatdan iborat. IHT kotibiyatini Bosh Kotib boshqaradi. Kotibiyat 6 ta maxsus direktorat (savdo, transport va kommunikatsiyalar, energetika, mineral resurslar va atrof muhitni himoya qilish, sanoat va qoʻshma korxonalar, iqtisodiy tadqiqotlar va statistika, loyihaviy tadqiqotlar)dan iborat. IHTning mintaqaviy muassasalari: kemachilik kompaniyasi, "EKOEYR" aviakompaniyasi, savdo va rivojlanish banki, qayta sugʻurtalash kompaniyasi, madaniyat instituti, fan fondi va taʼlim institutidan iborat.
Aʼzo davlatlar boshliqlari, Hukumat raislari, Delegatsiyalarining eng muhim iqtisodiy va boshqa masalalar boʻyicha yigʻilish va uchrashuvlari muntazam oʻtkazib turiladi. Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlarining 6-uchrashuvi Tehronda oʻtdi (2000-yil, 9—10-iyul). Tashkilot idorasi Eron poytaxti Tehronda joylashgan.
Sammitlar va mezbon davlatlar | |||
---|---|---|---|
Sammit | Sana | Davlat | Shahar |
1-chi | Fevral 16-17, 1992 | Eron | Tehron |
2-chi | 6-7-may 1993-yil | Turkiya | Istanbul |
3-chi | 14-15-may 1995-yil | Pokiston | Islomobod |
4-chi | 14-may 1996-yil | Turkmaniston | Ashxobod |
Favqulodda | 14-may 1997-yil | Turkmaniston | Ashxobod |
5-chi | 11-may 1998-yil | Qozogʻiston | Olmota |
6-chi | 10 Iyun 2000 | Eron | Tehron |
7-chi | 14 Oktabr 2002 | Turkiya | Istanbul |
8-chi | 14 Sentabr 2004 | Tojikiston | Dushanbe |
9-chi | 5-may 2006-yil | Ozarbayjon | Baku |
10-chi | 11 Mart 2009 | Eron | Tehron |
11-chi | 23 Dekabr 2010 | Turkiya | Istanbul |
12-chi | 16 Oktabr 2012 | Ozarbayjon | Baku |
13-chi | 1 Mart 2017 [2][3] | Pokiston | Islomobod |
14-chi | 4-mart 2021 | Turkiya | Virtual |
15-chi | 28-noyabr 2021-yil | Turkmaniston | Ashxobod |
16-chi | 8-9 noyabr 2023-yil[4] | Oʻzbekiston | Toshkent |
# | Ismi | Millati | Davri |
---|---|---|---|
1 | Alirizo Saloriy[5] | 1988 - 1992 | |
2 | Shamshod Ahmad | 1992 - 1996 | |
3 | Önder Özar | 1996 - 2000 | |
4 | Abdulrahim Kavahiy | 2000 - 2002 | |
5 | Sayad Mujtaba Arastu | 2002 - 2003 | |
6 | Bekjassar Norboyev | 2003 - 2004 | |
7 | Asxat Orazbay | 2004 - 2006 | |
8 | Xurshid Anvar | 2006 - 2009 | |
9 | Yahyo Marufi | 2009 - 2012 | |
10 | Shomil Alaskerov | 2012 - 2015 | |
11 | Halil İbrahim Akça | Avgust 2015 - Avgust 2018 | |
12 | Hadi Suleymanpur | Avgust 2018 - Avgust 2021 | |
13 | Khusrav Noziri | Tojikiston | Avgust 2021 - Hozirgacha |
manba | 1. Koyibiyat (Wayback Machine saytida 2018-12-24 sanasida arxivlangan)
2. IHT sayti ma'lumotlari |