Kardiojarrohlik (Kardioxirurgiya) — yurakda mavjud boʻlgan tugʻma va orttirilgan kasalliklar va jarohatlarni jarrohlik amaliyoti bilan davolashga qaratilgan chora — tadbirlar majmuasi hamda tibbiyotning muhim va dolzarb muammolarini o'z ichiga olgan tarmoqlaridan biri hisoblanadigan jarrohlik va kardiologiyaning kompleks sohasi sanaladi[1][2]. Ba'zi mamlakatlarda mazkur soha yurak-qon tomir jarrohligi deb ataladi. Amerika Qo'shma Shtatlarida yurak-torakal jarrohligi deb nomlanadi.