Kesadilya (ispancha: quesadilla; queso — „pishloq“ va tortilla — „tortilya“) — pishloq bilan toʻldirilgan bugʻdoy yoki makkajoʻxori tortilyadan iborat Meksika oshxonasining taomlaridan biri.
Kesadilya tayyorlash uchun tortilya ikkiga qatlanadi pishloq bilan toʻldirilgan va issiqda qovuriladi yoki frityurda pishloq erigunicha qovuriladi. Anʼanaga koʻra, kesadilya faqat pishloq pishloq bilan toʻldiriladi. Bundan tashqari, goʻsht, chorizo, sabzavot, qoʻziqorin, kartoshka va boshqa maxsulotlar bilan toʻldirish mumkin. Sabzavotli salat, guakamol, Chilli qalampir, koriander va salsa taom uchun keng tarqalgan garnir sifatida tortilishi mumkin.
Kesadillaning bir varianti bor, unda sendvich kabi oʻrtasida toʻldirilgan ikkita tortilna ishlatiladi. Taom boʻlaklarga kesilgan holda tortiladi va „sinkronisada“ deb ataladi.
Burrito, chimichanga, enchilada — shunga oʻxshash taomlardan tortiliyaning asosiy farqi, tortiliya ikkiga buklandi va toʻldiriladi, oʻralmaydi.
AQShda, asosan, kesadilya ayniqsa mashhur boʻlgan Janubiy Shtatlarda Meksika uchun xos boʻlmagan juda koʻp sonli kesadilya turlari mavjud: tortilyalar qora xamirdan tayyorlanadi, dengiz mahsulotlari bilan toʻldiriladi, echki sutidan tayyorlangan pishloq qoʻshiladi.
Kesadilyalar turli hodisalar uchun oʻzgartirildi. Mexiko shahrida kesadilya pishliqsiz boʻlishi mumkinmumkin[1]. Amerika Qoʻshma Shtatlarida koʻplab restoranlar ularni oʻziga xos turlarini aperativ sifatida tortishadi[2]. Baʼzi variantlarda echki sutidan tayyorlangan pishloq, qora loviya, ismaloq, tsukini yoki tofu ishlatiladi[3]. Kesadilya maxsulotlari va tayyorlash texnikasini pitsa toʻplami bilan birlashtirgan varianti „pizzadilya“ deb taʼriflangan[4][5].
Hatto shokolad, iris, karamel va turli mevalar kabi mahsulotlardan tayyorlangan shirin kesadilyalar ham mavjud[6].
Nonushta uchun, shuningdek, tuxum, pishloq va bekon kabi mahsulotlardan foydalanib, kesadilya tayyorlanadi.