Kiyosu

清須市
Shahar
Skyline of Kiyosu
Kiyosu
Bayroq
Kiyosu
Gerb
35°11′59.3″N 136°51′10.3″E / 35.199806°N 136.852861°E / 35.199806; 136.852861 G OKoordinatalari: 35°11′59.3″N 136°51′10.3″E / 35.199806°N 136.852861°E / 35.199806; 136.852861 G O
Mamlakat Yaponiya
Viloyat [[Chūbu
Tōkai]]
Prefektura Aichi
Hukumat
 • Mayor Sumio Nagata (2017-yildan buyon)
Maydon 17.35 km2 (6.70 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil 1-oktyabr)
69 687
Zichligi 4000 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Kiyosu xaritada
Kiyosu
Kiyosu

Kiyosu (yaponcha: 清須市 Kiyosu-shi?) Yaponiyaning Aichi prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shahardagi 29477 ta xonadonda 69687 nafar aholi istiqomat qiladi[1], aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 4017 nafarni tashkil etadi. Shaharning umumiy maydoni 17,35 kvadrat kilometr (6,70 milya) ga teng.

Geografiyasi

Kiyosu shahri markazi

Kiyosu uzoq gʻarbiy Aichi prefekturasida, Shonai daryosiboʻyida, Nobi tekisligining gʻarbiy qismida joylashgan. Sharqda Nagoya metropolisi bilan chegaradosh. Shaharning katta qismi dengiz sathidan 10 metrdan past boʻlgan hududda joylashgan.

Iqlimi

Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Kiyosuda oʻrtacha yillik harorat 15,8 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1688 mm, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 28,1 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,4 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

Demografiyasi

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Kiyosu aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida barqaror ravishda oʻsib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
195036,294—    
196046,433+27.9%
197059,752+28.7%
198061,138+2.3%
199061,578+0.7%
200063,009+2.3%
201065,864+4.5%

Atrofdagi munitsipalitetlar

Aichi prefekturasi

Tarixi

Kiyosu-jukuning xonjinining qoldiqlari

Oʻrta yillar

Kiyosu Kamakura davrida Kamakurani Kioto va Ise ziyoratgohi bilan bogʻlaydigan Nakasendo va Minoji yoʻllari tutashgan joyida pochta shaharchasi (Kiyosu-juku) sifatida rivojlangan.

Muromachi davrida hudud Kiyosu qal’asining qurilishi bilan mustahkamlangan, keyinchalik u Oda sulolasining tayanchiga aylandi va Oda Nobunaga tomonidan Sengoku davrida Ovari viloyati ustidan nazorati mustahkamlandi.

Ilk zamonaviy davrlar

Edo davri boshlangandan soʻng, Kiyosu qal’asi Tokugava Ieyasu buyrugʻi bilan demontaj qilindi va aholining koʻp qismi Nagoyaga koʻchib oʻtdi.

Keyingi zamonaviy davrlar

Meidzi davrining boshlanishiga kelib, bu hudud Aichi prefekturasining Nishikasugai tumanidagi qishloqlarga boʻlingan qishloq hududi tarkibida edi. Kiyosu shahri 1889-yil 1-avgustda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan.

Zamonaviy tarixi

Kiyosu shahri 2005-yil 7-iyulda sobiq Kiyosu shahrining Shinkava va Nishibivajima (barchasi Nishikasugay tumanidan) shaharlari bilan birlashishi natijasida tashkil topgan.

2009-yil 1-oktyabrda qoʻshni Haruhi shahri (shuningdek Nishikasugai tumanidan) Kiyosuga shahri bilan birlashtirildi[4].

Hukumat

Kiyosu shahar hokimiyati

Kiyosu toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Aichi prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Aichi tumani tarkibiga kiradi.

Tashqi aloqalar

Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar

Xalqaro

Iqtisodiyoti

Kiyosu — aralash iqtisodiyotga ega mintaqaviy savdo markazi hisoblanadi. Nagoya metropoliga yaqinligi tufayli u tobora yotoqxona jamoasiga aylanib bormoqda.

Taʼlim tizimi

Kollej

Aichi Jismoniy va mehnat terapiyasi tibbiyot kolleji ham Kiyosu shahrida bunyod etilgan.

Maktablar

Kiyosuda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan sakkiz davlat boshlangʻich maktabi va toʻrtta davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi.

Transport

Temir yoʻllar

Anʼanaviy chiziqlar

Markaziy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi
Meitetsu

Yoʻllar

Katta tezlikda harakatlanish yoʻli

Yaponiya milliy marshruti

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Asahi muzeyi

Kiyosulik taniqli odamlar

Galereya

Kiyosu-jo
Tonya kinenkan
Kiyosu Hiyoshi-jinja ziyoratgohi
Kiyosu Seiryo-ji ibodatxonasi
Kiyosu-juku honjin
Kiyosu qasri

Manbalar

  1. Kiyosu City official statistics (Wayback Machine saytida 2022-05-03 sanasida arxivlangan) (yaponcha)
  2. Kiyosu climate data
  3. Kiyosu population statistics
  4. „市町村合併情報 愛知県 <国土地理協会>“. 2007-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 8-sentyabr.
  5. „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2015-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.

Havolalar