Klaus Werner Iohannis | |
---|---|
Ruminiya Prezidenti | |
Mansab davri 2014-yil 21-dekabrdan | |
Hukumat boshligʻi |
Victor Ponta Gabriel Oprea (v.b.) Victor Ponta Sorin Cîmpeanu (v.b.) Dacian Cioloș Sorin Grindeanu Mihai Tudose Mihai Fifor (v.b.) Viorica Dăncilă Ludovic Orban Nicolae Ciucă Florin Cîțu Nicolae Ciucă Cătălin Predoiu Marcel Ciolacu |
Oʻtmishdoshi | Traian Băsescu |
Sibiu meri | |
Mansab davri 2000-yil 30-iyundan – 2014-yil 21-dekabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Dan Condurat |
Vorisi | Astrid Fodor |
Milliy liberal partiya raisi | |
Mansab davri 2014-yil 28-iyundan – 18-dekabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Krin Antonescu |
Vorisi | Alina Gorgiu |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
13-iyun 1959-yil Sibiu |
Mukofotlari |
Klaus Werner Iohannis (talaffuzi: Klaus Verner Yoxannis, nemischa: Klaus Werner Johannis; 13-iyun 1959-yil) – kelib chiqishi nemis boʻlgan Ruminiya siyosat va davlat arbobi, 2014-yil 21-dekabrdan beri Ruminiyaning amaldagi prezidenti.
13-iyun 1959-yilda transilvaniya sakslari oilasida tugʻilgan.
1979-yilda Timishoaraga harbiy xizmatga yuborilgan[1].
1983-yildan maktablarda fizika va matematika oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.
1990-yilda nemislar demokratik forumi aʼzosi etib saylandi.
2000-yilda 69,18% ovoz bilan Sibiu meri lavozimiga saylandi. 2004, 2008, 2012 yillarda qayta saylandi.[2][3].
20-fevral 2013-yilda Milliy liberal pariyaga qabul qilindi. 28-iyun 2014-yilda partiya raisi etib saylandi[4].
2014-yilda Demokratik liberal partiya nomidan prezidentlikka nomzod boʻldi[5][6]. 16-noyabr 2014-yilda 54,53% ovoz bilan president etib saylandi[7].
2014-yil 21-dekabrda qasamyod qildi[8].
2019-yil noyabr oyida Iohannis yangi muddatga qayta saylandi.
Klaus Iohannis rumin, nemis va ingliz tillarini yaxshi biladi.
1960-yilda tugʻilgan, Sibiudagi Jorj Lazarus nomidagi milliy kollejda ingliz tili oʻqituvchisi boʻlgan Karmen Iohannis (Lazurka) bilan turmush qurgan[9]. Er-xotinning farzandlari yoʻq.
Diniga koʻra, Klaus Iohannis protestant, Ruminiyaning Augsburg konfessiyasi Yevangelist cherkovining aʼzosi[10].
2006-yil: Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni ritsar xochi
2007-yil: Ruminiya yulduzi ordeni ritsarlari
2008-yil: Italiya birdamligi yulduzi ordeni qoʻmondoni
2009-yil: Lyuksemburg Buyuk Gertsogligining xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan
2009-yil: „Avstriya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ faxriy nishonining qoʻmondon xochi
2009-yil: Toj ordeni ofitseri (Belgiya)
2010-yil: Ruminiya yahudiy jamoalari federatsiyasining Faxriy medali
2011-yil: Milliy xizmatlari uchun ordeni ritsarlari (Ruminiya)
2014-yil: Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni ofitser xochi
2016-yil: Oltin zanjirli Buyuk Vitautas ordeni (Litva)[11]
2016-yil: Oq burgut ordeni (Polsha)[12]
2016-yil: lentali Stara Planina ordeni (Bolgariya)[13]
2016-yil: „Respublika“ ordeni (Moldova)[14]
2021-yil: Maryam Yerining Xoch ordeni zanjiri (Estoniya)[15]
Klaus Iohannis. «Первый шаг». ISBN 978-606-588-831-9.
Klaus Iohannis. «Шаг за шагом» (автобиография). ISBN 978-606-588-756-5.