Nok kompoti

Kompot (fr.dan fransuzcha: compote nemischa: Kompott) — yangi, konservalangan, quritilgan yoki muzlatilgan mevalardan turli xil aralashma holatida yoki bitta turdan tayyorlanadigan salqin shirinlik[1]. Maceduan ham kompotning bir turi hisoblanadi[2].

Kompot uchun yangi va toʻliq pishgan mevalar ayni muddao boʻladi, uning xushboʻyligini taʼminlaydi. Tozalangan olma va nok oz miqdordagi shakar bilan alohida qaynatib olinadi, o‘rik, shaftoli va olxo‘rining danaklari chuqurchadan ajratib, ustidan qaynoq suv quyiladi. Kompotga tozalangan rezavorlar, aylana shaklida boʻlaklangan sitrus mevalar, qovun va tarvuz boʻlaklari termik ishlov berilmagan holda qoʻshiladi[1][3]. Kompotda mevalarning xushboʻyligini saqlab qolish uchun ziravorlar ishlatilmaydi. Aralashtirilgan meva hamda rezavorlar ustidan odatda limon yoki apelsin sedrasi qoʻshib tayyorlangan, sovutilgan shaffof sirop quyiladi. Kompot tindirilgandan soʻng sovuq holatdakremanka idishlarida stolga tortiladi, undan avval esa ustidan sirop quyiladi. „Sirop ichidagi mevalar“ ham kompotga oʻxshash shirinlik boʻlib, suvda qaynatilmaydi, ammo shakar siropi orqali termik ishlov beriladi[2][3]. Konservalangan mevalar stolga tortilayotgan vaqtda ustidan shaffof shakar siropi quyiladi[4].

Yana qarang

Manbalar

  1. 1,0 1,1 Сладкие блюда 1959.
  2. 2,0 2,1 Основы кулинарии 1941.
  3. 3,0 3,1 Л. А. Маслов 1958.
  4. Книга о вкусной и здоровой пище 1954.

Adabiyotlar