![]() Branchiostoma lanceolatum (Belgiya) | |
Binar nomi | |
---|---|
(Costa, 1834) | |
Xilma-xillik | |
Taxminan 11 ta tur | |
Sinonimlari | |
|
Lansetniklar (Branchiostoma, yaʼni Amphioxus) — bosh skeletsizlar kenja tipiga mansub xordalilar sinfi. Uzunligi 8 sm gacha, tanasi lansetsimon,och pushti rangli shaffof; xordasi tanasining oldingi uchigacha yetadi. 11 turi bor. Tipik vakili lansetnik (Brachiostoma lanceolatum, yaʼni A. lanceolatus) moʻtadil va iliq suvli dengizlarda 10—30 sm chuqurlikda koʻmilib yashaydi; qumdan tanasining oldingi qismi chiqib turadi. Plankton bilan oziqlanadi. Dum suzgichi lansetga oʻxshash (nomi shundan olingan). Terisi yalangʻoch (tangachalar bilan qoplanmagan). Dum suzgichidan boshqa suzgichlar boʻlmagani uchun faol harakatlanmaydi. Ogʻiz teshigi paypaslagichlar bilan oʻralgan. Koʻrish va eshitish organlari boʻlmaydi. Jabra yoriqlari 100 juft. Terisi ostida joylashgan Gess koʻzchalari yordamida yorugʻlikni sezadi. Ayrim jinsli. Uvildirigʻini suvga tashlaydi, tuxumlari suvda urugʻlanadi. Lichinkasi erkin suzib yuradi. Lansetniklarni ilk bor 1774-yilda rus olimi Peter Simon Pallas topgan va uni mollyuska (Umax lanceolatus) sifatida tavsiflangan. Aleksandr Kovalevskiy lansetniklarni eng tuban tuzilgan xordali hayvonligini koʻrsatib bergan. Lansetniklar koʻpchilik dengizlarda, jumladan, Qora dengizda ham uchraydi. Lansetniklar sanoat ahamiyatiga ega emas. Mahalliy xalqlar isteʼmol qilishadi. Lansetniklar xordalilarning kelib chiqishini tushuntirishda nazariy ahamiyatga ega.Qon aylanish sistemesi barcha xordalilariniki singari yopiq bo'ladi. Lekin qon yagona qon aylanish sistemasi bo'ylab harakatlanadi. Asosiy qon tomirlari qorinva aortalardan iborat. [2]
![]() |
Wikimedia Commonsda Lansetniklar mavzusiga oid fayllar bor. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |