![]() | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Umumiy maʼlumotlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toʻliq ism-sharifi | Ruddy Lilian Thuram-Ulien | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Laqabi | Thu-Thu,Le Philosophe,Le Tronc,Lico | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan sana | 1972-yil 1-yanvar[1][2][3][…](50 yosh) Gvadelupa,Puent-a-Pitr | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 185 sm | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ampulasi | himoyachi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xalqaro medallar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
![]() |
Ruddy Lilian Thuram-Ulien (fransuzcha: Ruddy Lilian Thuram-Ulien),Lilian Thuram (fransuzcha: Lilian Thuram)-fransuz futbolchisi va himoyachisi.1972-yil 1-yanvarda Gvadelupe
U 2008-yilda yurakdagi muammolar tufayli faoliyatini yakunlagan.Fransiya terma jamoasi tarkibida jahon va Yevropa chempioni boʻlgan. Fransiya terma jamoasi uchun oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi (142)[4].
Futbolchi sifatida faoliyatini boshlashdan oldin Thuram katolik ruhoniysi boʻlmoqchi edi, ammo vaqt oʻtishi bilan u oʻzida futbolchilik qobiliyatlarini kashf etdi.Uning professional faoliyati 1991-yilda „Monako“da boshlangan.Keyin Italiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda 10 yil davomida „Parma“ va "Yuventus" da oʻynadi.Turin klubi tarkibida 4 marta Italiya chempioni boʻldi (ammo jamoa A Seriyadagi kelishilgan oʻyinlar mojarosidan soʻng soʻnggi ikki liga chempionligidan mahrum etildi).U "Barselona" da ikki mavsum oʻtkazdi, shundan soʻng 2008-yilda Fransiyaga qaytib keldi va u yerda "Parij Sen-Jermen" klubi bilan shartnoma imzolamoqchi edi[5]. Biroq Parijda oʻtkazilgan tibbiy koʻrikda Thuramning yuragi bilan bogʻliq muammolar borligi maʼlum boʻldi.Bu esa uni 36 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur qildi.
Thuram Fransiya terma jamoasi safida 140 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan va bu jamoada oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi hisoblanadi.U milliy terma jamoa uchun atigi ikkita gol urdi, ikkalasi ham 1998-yilgi Jahon chempionatining yarim finalida Xorvatiyaga qarshi oʻyinda uning gollari evaziga Fransiya 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va finalga yoʻl oldi.Shuningdek u Fransiya bilan 2002,2006-yilgi jahon chempionatlari,1996,2000,2004 va 2008-yillardagi Yevropa chempionatlarida qatnashgan.2006-yilgi Jahon chempionatidan soʻng u terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi (birinchi marta emas), lekin keyinchalik fikrini oʻzgartirdi va 2008-yilgi Yevropa chempionati saralash musobaqasi oʻyinlari uchun milliy terma jamoaga yetib keldi.2008-yil 9-iyunda Thuram Yevro-2008 ning birinchi oʻyinida Ruminiyaga qarshi uchrashuvdan keyin Yevropa chempionatlarining final bosqichida 15 ta oʻyin oʻtkazgan birinchi futbolchiga aylandi.Shu tariqa u har biri 14 tadan oʻyin oʻtkazgan Zidan,Figu va Poborskini ortda qoldirdi.2008-yil 17-iyunda C guruhidagi soʻnggi oʻyin hisoblangan Fransiya-Italiya 0:2 oʻyinidan keyin Thuram Klod Makelele bilan birgalikda terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Thuram 2004-yil mart oyida Pele tomonidan eng yaxshi deb tanlab olingan 125 nafar tirik futbolchi roʻyxatiga kiritilgan.
"Monako"
"Parma"
"Yuventus"
"Barselona"
Fransiya terma jamoasi
Uylangan, ikki oʻgʻli bor-Markus (1997-yil 6-avgustda tugʻilgan) va Xafren (2001-yil 26-martda tugʻilgan).Ikkalasi ham otalari kabi futbolchi.Markus Germaniyaning „Borussiya Myonxengladbax“ klubi hujumchisi,2016-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi,Fransiyaning milliy terma jamoasi futbolchisi.Xefren Fransiyaning „Nissa“ klubida oʻynaydigan yarim himoyachi.
Thuramning amakivachchasi Yoann Thuram-Yulien darvozabon."Monako" tarbiyalanuvchisi, hozirda „Amyen“da oʻynaydi.
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "*", but no corresponding <references group="*"/>
tag was found