Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 1-yanvar 1955-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻzbekiston SSR, | ||
Vafot sanasi |
24-dekabr 1999-yil (44 yoshda) | ||
Vafot joyi | Samarqand, Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Boshqargan klublari | |||
Yillar | Jamoalar | ||
1996—? 1999 1999 |
Doʻstlik 1999-yil Dinamo (Samarqand) Oʻzbekiston |
Mahmud Rahimov (1955- yil 1-iyun, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1999-yil 24-dekabr, Samarqand, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.
Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan. SSSR chempionatining ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi jamoalar safida oʻynagan[1].
1995 -yilda Toshkent viloyatining “Doʻstlik” jamoasiga rahbar etib tayinlangan boʻlsa, oradan bir yillar oʻtib klub bosh murabbiyi boʻlgan.
1999-yili Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va oʻsha yili Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan. Uning rahbarligida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻsha yillarda BAA termasini ortda qoldirib[2] Osiyo Kubogi-2000 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
Osiyo Kubogi-2000 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan[3]. Rahimov vafotidan soʻng Oʻzbekiston milliy terma jamoasini Yuriy Sarkisyan boshqargan. Sarkasyan boshchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi 2000-yilgi Osiyo Kubogida muvaffaqiyatsizlikka uchragan va oʻz guruhida soʻnggi oʻrinni egallagan.
Vafotidan soʻng Rahimov 1999-yilda “Osiyoning eng yaxshi murabbiyi” deb tan olingan[4]. Toshkent viloyatida har yili yosh futbolchilar oʻrtasida Mahmud Rahimov xotirasiga bagʻishlangan turnir oʻtkazib kelinmoqda.[2][5][6]