Makaron sanoati - oziq-ovqat sanoatining makaron mahsulotlari tayyorlovchi tarmogʻi. Makaron mahsulotlari maxsus makaronbop un (tarkibida kamida 28—30% li kleykovina boʻlgan oliy va 1navli nonbop un)dan tayyorlanadi. Makaron mahsulotlari tayyorlashda makaron hamiriga boyituvchi kushimcha mahsulotlar (tuxum, qaymogi olinmagan quritilgan sut va boshqalar) qushiladi. Makaron mahsulotlarining oziqaviy isteʼmol afzalligi shundaki, u fizik-kimyoviy tarkibini yoʻqotmasdan koʻp vaqt sak^panishi mumkin, suv tortmaydi, tashishga qulay, undan tez vaqtda turli taom tayyorlash mumkin, tarkibidagi uglevod modlalar inson aʼzolariga tez hazm boʻladi. 14-asrning oʻrtalarigacha makaron mahsulotlarini tayyorlash, asosan. uy sharoitlarida amalga oshirilgan. 14-asr oxiriga kelib. Italiyada oddiy uskunalar bilan jihozlangan iyexlarda makaron mahsulotlari ishlab chiqarila boshlangan. Italiyada 18-asrning 60-yillarida ot bilan hapakatga keltiriluvchi birinchi makaron f-kasi qurildi, keyinchalik bunday korxonalar Fransiya va Germaniyada paydo boʻldi. Rossiyada ilk makaron f-kasi Odessa shahrida 1797-yilla roʻyxatga olingan. X°z. makaron mahsulotlari tayyorlash texnologiyalari rivojlanib, hamirni qorish, ularga turli shakl berish, mahsulotlarni quritish kabi murakkab ishlar toʻliq mexanizatsiyalashtirilgan. Oʻzbekistonda dastlabki makaron mahsulotlari shilab chiqaradigan makaron f-kasi 30-yillarda Toshkentla qurilgan. 1940-yilda respublikala 7 ming t makaron mahsulotlari ishlab chiqarildi. 1990-yillar boshida Oʻzbeki-stonla "Oʻzdonmahsulot" davlataksi-yadorlik kompaniyasi korxonalarida Italiya va Shveysariya firmalari uskunalari oʻrnatilgan eng zamonaviy makaron sexlari qurila boshladi. 2000-yilda shunlay sexlar soni 75 tagacha yetdi va 65 ming t turli pav makaron mahsulotlari ishlab chikarildi. Bundan ta-shqari "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida 272 kichik makaron sexlari faoliyat kursatadi. Ular tomonidan 2002-yilda 13,8 ming t mahsulot tayyorlangan.

Jahonda makaron mahsulotlari ishlab chiqarish, eksport qilish hamda isteʼmol etishda Italiya, AQSH, Braziliya, Misr va Turkiya davlatlari yetakchi oʻrinda turadi.

Adabiyot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poʻlat Tursunxoʻjayev.[1]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.




Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024)