Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mansur Saidov | ||
Tavallud sanasi | 1-noyabr 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Qoʻshtepa tumani, Fargʻona viloyati Oʻz SSR SSSR | ||
Boʻyi | 172 sm | ||
Ampluasi | Pleymeker | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Raqami | 8 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
– | Qoʻshtepa | ||
– | Neftchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000—2013 | Neftchi | ||
2014 | Bunyodkor | ||
2014—2015 | Navbahor | ||
2016 | Neftchi | ||
2017 | Navbahor | ||
2017 | Neftchi | ||
2018 | Soʻgʻdiyona | ||
2019—2020 | klublar9=Istiqlol Fargʻona | ||
Milliy terma jamoa | |||
2007—2012 | Oʻzbekiston | 6 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Mansur Saidov - Sobiq futbolchi va hozirda murabbiy. Yarim himoyachi pozitsiyasida to'p surgan. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan birgalikda BAA 2003 jahon chempionatida ishtirokchisidir.
Mansur Fargʻona futboli maktabi tarbiyalanuvchisi. Faoliyatini dastlabki davrida Qoʻshtepa futbol maktabida keyinchalik „Neftchi“ futbol maktabida davom ettirdi. 2000-yildan rasman „Neftchi“ futbolchisi sifatida faoliyatini boshladi. 2001-yilgi Oʻzbekiston Superligasida soʻnggi erishilgan chempionlik tarkibida Saidovning ham hissasi bor edi. „Nefchi“ klubi safida 2013-yilgacha toʻp surgan xolda keyinchalik mahalliy birinchilikda bir nehca jamoa bilan sovrindorlar safidan joy oldi va jamoaning muhim oʻyinchilaridan biriga aylandi. 2008-yilgi mavsumda Akmal Xolmatov jamoani tark etishi bilan klubning asosiy pleymekeriga aylandi va jamoaning muhim gollar aynan uning pasi bilan boshlanar edi.
2013-yilgi mavsum soʻnggida "Neftchi" klubi bilan 13 yillik oʻzaro hamkorlikdan soʻng,[1][2] Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga oʻtdi.[3][4] Qaldirgʻochlar safida yanggi mavsumga tayyorgarlik olib borganlekin jamoa safidan oʻrin olmadi va masum boshida Namanganning „Navbahor“ jamoasiga.[5]
Mavsum startida milliy birinchilik boshlanishidan avval Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi.[6][7] 2015-yilgi mavsum avvalida oʻzining sobiq jamoasi "Neftchi klubi safiga qaytdi.[8] 2017-yilgi mavsumda yarim mavsum „Navbahor“ jamoasi safida[9] oʻynaganidan soʻng yana Fargʻonaga „Neftchi“ klubi safiga qaytdi.[10] Keyinchalik birinchi liga jamoalarida toʻp surdi.
Yoshlar toifasida bir necha jamoalarda toʻp surgan. 2003-yilda tarixda ilk bor Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan. Kattalar safidagi debyutini 2007-yil Rauf Ineleyev qoʻl ostida oʻtkazgan. Milliy terma jamoa safida jami 4 ta uchrashuv oʻtkazgan
Mansur faoliyatini yakunlaganidan soʻng 2022-yilda „Neftchi“ klubi U-19 jamoasi murabbiy etib tayinlandi.[11]