Marida binti Shabib ماردة بنت شبيب | |||||
---|---|---|---|---|---|
Abbosiy xalifaning ummu al-valadi | |||||
Davri | 796—809 | ||||
Tugʻilishi | Kufa, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Vafoti |
820-yillar Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Dafn etilgan joy |
Bagʻdod | ||||
Turmush oʻrtogʻi | Horun ar-Rashid | ||||
Farzandlari |
| ||||
| |||||
Dini | Islom |
Marida binti Shabib (arabcha: ماردة بنت شبيب, vaf. 820-yillar) Abbosiy xalifasi Horun ar-Rashidning sevimli ummu valadi va Abbosiylar xalifasi Muʼtasimning onasi[2].
Marida taxminan 793/795-yillarda haramga qabul qilingan. Marida kanizak boʻlishiga qadar Abbosiylar xonadonida ulgʻaygan. Marida qul boʻlib, musulmon oilasiga mansub edi. Oila aʼzolarining barchasi qullar edi[manba kerak].
Marida Kufada tugʻilgan. Uning oilasi Soʻgʻddan koʻchib kelgan boʻlib, kelib chiqishi turkiylarga borib taqaladi[3].
Maridaning otasining ismi Shabib[4]. U Zubayda Horunga sovgʻa qilgan oʻn nafar kanizakdan biri edi. Besh nafar farzandi boʻlgan. Ular Abu Isʼhoq (boʻlajak xalifa Muʼtasim), Abu Ismoil, Ummu Habib va yana ikkitasining ismi nomaʼlum. Marida Horunning sevimli kanizagi boʻlgan[5].
Oʻgʻli Muhammad, boʻlajak xalifa Muʼtasim, Bagʻdoddagi Xuld saroyida tugʻilgan. Tugʻilgan sanasi aniq emas. Tarixchi Tabariyning maʼlumotlarida hijriy 180-yil shaʼbon oyi (796-yil oktyabr) yoki 179-yil (796-yil bahori yoki avvalroq) koʻrsatilgan[6][7].
Marida Horun ar-Rashidning beshta farzand dunyoga keltirgan yagona ummu valadi edi. Boshqa ummu valadlar bunday martabaga erisha olmagan[manba kerak].
Marida hayotining katta qismini xalifaning haramida oʻtkazgan. Horun ar-Rashid katta oʻgʻillarini oʻziga merosxoʻr etib tayinlagani uchun Maridaning oʻgʻillari merosxoʻrlar roʻyxatida emas edi. Biroq, Maridaning katta oʻgʻli Abu Isʼhoq xalifa Maʼmun vafotidan soʻng xalifalik taxtiga chiqadi. Oʻlim toʻshagida yotgan Maʼmun Abu Isʼhoqni oʻziga merosxoʻr etib tayinlagan[manba kerak].