Masjidi Kalon | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Masjidi Kalon Katta masjid |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | masjid |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | 1514-yil |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Qavatlar soni | 1 |
Masjidi Kalon |
Masjidi Kalon (forscha — katta masjid) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. VIII—IX va XII asrlarda qurilgan Jomeʼ masjidi oʻrnida bunyod etilgan yirik masjidlardan biri hisoblangan[1]. (masjid hovlisi va atrofida olib borilgan arxeologik tekshirishlar natijasida aniqlangan). Hozirgi koʻrinishi Buxoro xoni shayboniy Ubaydullaxon davrida 1514-yilda bunyod etilgan. Hozirgi kunda masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Masjidi Kalon yoki Katta masjid asosiy qismi XII asrda qoraxoniy hukmdor Arslonxon davrida qurilgan[2]. Buxoro xoni shayboniy Ubaydullaxon davrida masjid qurilishi 1514-yilda yakunlangan. Ubaydullaxon davrida masjidning sharqiy bosh peshtoqi qismida katta taʼmirlash ishlari olib boriladi. 1542-yil masjid bosh darvozasi ravogʻida Buxoro xoni Abdulazizxonning Buxoro aholisini soliqlardan ozod qilish haqidagi farmoni matni keltirilgan marmar tosh oʻrnatilgan boʻlgan. Mazkur ish xattot Nuriddin Muhammad oʻgʻli Mirshayx al-Puroniy tomonidan qilingan[3]. Mazkur masjid Poyi Kalon majmuasida joylashgan. Majmuada Minorai Kalon, Masjidi Kalon, Miri Arab va Amir Olimxon madrasasi kiradi. Masjidi Kalon old tomonida peshtoq boʻlib, devoriy ravoqlar bilan bezatilgan. Masjid bezaklari baʼzilari saqlanib qolgan va qayta tiklangan. Masjid old qismdagi qoplama ostida usta Boyazid Puroniy nomi bilan bogʻliq olti qirrali plitalardan tashkil topgan bezak va XV asrga oid qadamali xoshiya borligi aniqlangan[4]. XX asr boshlarida Usta Shirin Murodov tashabbusi bilan masjidning eski koʻrinishi boʻyicha sakkiz qirrali koʻshkcha quriladi. Masjidi Kalon 1935-yil gʻalla ombori sifatida foydalanilgan va juma namozlari Miri Arab madrasasida oʻqilgan. 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabi bilan Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov farmoniga binoan Masjidi Kalon qayta taʼmirlangan[3]. Hozirgi kunda masjid oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Masjid toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (127x78 m), keng hovli atrofini gumbazli bostirma ayvon egallagan. 288 qubba (gumbazcha) 208 ustunga tayangan. Ular oʻziga xos mahobatli koʻrinishga ega boʻlib, ustunlarga keyinchalik murabba tarhli poyustunlar oʻrnatilgan. Hovlining toʻrt tomoni markazida naqshinkor peshtoqlar bor. Sharqdagi tashqi ulkan peshtoq mahobati va muhtasham bezagi bilan alohida ajralib turadi. Masjidi kalonning tashqi 7 eshigi boʻlib, asosiy sharqiy darvoza oldida va ichida keng ayvonlar joylashgan. Peshtoq ravogʻidagi boloxona va uning yon tomonidagi qirrali ravoqlar koshin va sirlangan gʻishtlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, ganchkori ravoqlar alohida ajralib turadi. Peshtoq orqali hovli toʻri (yuqorisi)dagi xonaqoh maqsuraga oʻtiladi. Xonaqohning tashqi poygumbazi baland, moviy gumbazi uzoqdan koʻzga tashlanib turadi. Ichki gumbaz osti bagʻallariga „qolibkori“ uslubida qator mayda ravoqcha (16 ta)lar ishlangan. Mehrob bezaklari nafis koshinkorlik sanʼatining yuksak namunasidir, unda usta Boyozid Puroniy nomi va 1514-yil sanasi koʻrsatilgan. Peshtoq oldidagi sahnda kichik koʻshk (pavilon) bor, qurilishi (XX-asr)da Usta Shirin Murodov qatnashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Buxorodagi diqqatga sazovor joylar | |||
---|---|---|---|
Qal’alar | |||
Ansambllar va komplekslar | Bahouddin majmuasi • Chor Bakr • Govkushon majmuasi • Xoʻja Zaynuddin majmuasi • Labihovuz ansambli (Koʻkaldosh madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi, Nodir devonbegi xonaqohi) • Poyi kalon ansambli (Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasasi • ) • Xalfa Xudoydod majmuasi | ||
Maqbaralar | |||
Madrasalar | Abdulazizxon madrasasi • Volidayi Abdulazizxon madrasasi • Gʻoziyon madrasasi • Koʻkaldosh madrasasi • Domullo Tursunjon madrasasi • Ulugʻbek madrasasi • Nodir devonbegi madrasasi • Qoʻshmadrasa (Modarixon madrasasi, Abdullaxon madrasasi) • Jubbori Kalon madrasasi • Chor minor | ||
Masjidlar | |||
Boshqa diqqatga sazovor joylar | Buxoro zindoni • Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi • Sitorai mohi xosa • Timlar: Toqi sarrofon • Toqi zargaron • Toqi telpakfurushon • Abdullaxon timi |