Mening yulduzim
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Toshkent“ badiiy adabiyot nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1964
Sahifalar soni 112

Mening yulduzim“, toʻliq nomi „Mening yulduzim. Lirika“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1964-yil Toshkent shahrida „Toshkent“ badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga shoir 1951–1964-yillarda yozgan sheʼrlar hamda Sergey Yesenin va Silva Kaputikyan yozgan toʻrt sheʼr tarjimasi kiritilgan.

„Mening yulduzim“ Vohidovning ilk sheʼriy toʻplamlaridan biridir[1]. Toʻplam nomi shu nomli sheʼr nomidan olingan. 2018-yilda shoirning yana bir toʻplami „Mening yulduzim“ nomi bilan chop etilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Sayyor – muharrir, Yu. Strelnikov – rassom, D. Fayirahmonov – rasmlar muharriri, A. Nazirov – texnik muharrir, A. Hasanov – musahhih. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Эркин Воҳидов“. Oyina (8-sentyabr 2021-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2024-yil.