Mikoil, Mekoil — islomda 4 bosh farishtadan biri (Azroil, Jabroil, Isrofil bilan birga). Diniy anʼ-anada koinotni moddiy taʼminlovchi farishta hisoblanadi. U Qurʼonda Jabroil bilan bir qatorda tilga olinadi. Rivoyatlarda aytilishicha, Mikoil Jabroil bilan birga Odamatoga birinchi boʻlib sajda qilgan, Muhammadning koʻksini yorib, yuragini poklagan. Musulmonlarga Badr jangida, boshqa farishtalar bilan birga yordam qilgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.